Isroilning yangi tashqi ishlar vaziri Gideon Saar: Kurd xalqi buyuk xalq va bizning ittifoqdoshimiz
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 402 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafah, Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Bir kunda 49 kishi halok bo‘ldi, ulardan 36 nafari G‘azo shimolida o‘ldirilgan.
▪️Jabaliya lagerida bosqinchilar 14 nafar bola va 6 nafar ayol, jami 23 kishidan iborat butun Alush oilasini o‘ldirdi.
▪️Al-Qassam brigadalari: jangchilarimiz G‘azo shimolidagi Bayt Lahiya shahrida 15 sionistni nol masofadan o‘ldirishdi.
▪️G‘arbiy Sohilda ishg‘olchilar Al-Xalil, Nablus, Qalqilya va Ramallohga hujum qiladi. O‘nlab falastinliklar hibsga olingan.
▪️"Hizbulloh" Isroilga qarshi 27 ta harbiy amaliyot o‘tkazdi. Hayfadagi harbiy-dengiz bazasi hujumga uchradi, Al-Kaba tepaliklarida bosqinchilar guruhiga uch marta hujum uyushtiildi, Kiryat Shmona, Avivim, Evin Menachem, Zarit, Kafr Kila aholi punktlariga ham hujum qilindi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari ishg‘ol qilingan hududdagi harbiy nishonga uch marta hujum qildi.
▪️Bu kecha qarshilik kuchlari Suriya sharqidagi Amerikaning Koniko va Al-Umar harbiy bazalariga dronlar va raketalar bilan hujum qildi.
▪️Suriya Mudofaa vazirligi: Isroilning Damashqdagi turar-joy binolariga hujumi 7 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroilning Bekaa vodiysini bombalashi natijasida 41 kishi halok bo‘ldi, 31 kishi yaralandi.
▪️Ishg‘ol xavfsizligi xizmatlari Netanyaxuga bir joyda turmaslikni maslahat berdi va nasistlar uyiga qilingan hujumdan keyin bunkerda yig‘ilishlar o‘tkazayotganini tasdiqladi.
▪️Isroilning yangi tashqi ishlar vaziri Gideon Saar: Kurd xalqi buyuk xalq va bizning ittifoqdoshimiz. Kurdlar Eron va Turkiya zulmi qurboni. Ularga yetib borishimiz, aloqalarimizni mustahkamlashimiz kerak.