Isroil va Falastin urushi: 34 nafar falastinlik va 2 nafar isroillik bola halok bo‘ldi

Isroil va Falastin urushi: 34 nafar falastinlik va 2 nafar isroillik bola halok bo‘ldi

Isroil va Falastinning XAMAS guruhi o‘rtasidagi ziddiyat G‘azo sektorida 34 va Isroilda ikki  bolaning umriga zomin bo‘ldi. Bu  haqda  YUNISEFning  Yaqin  Sharq  va  Shimoliy  Afrika  bo‘yicha  vakili  Juliyet  Tuma ma’lum qildi, deb xabar beradi "RIA Novosti".

"YUNISEFga kelgan xabarlarga ko‘ra, 10 maydan beri G‘azo sektorida 34 bola o‘ldirilgan. Shunday qilib,  o‘tgan to‘rt kun ichida  34  nafar  falastinlik  bola  o‘ldirildi,  bu juda katta raqam.  Shuningdek,  Isroilda ikki bola vafot etdi”, dedi Tuma.

Bundan tashqari, 14 may  kuni  G‘azo  sektoridagi  35  ta  maktab  va  Isroildagi  uchta  maktab  zarar  ko‘rdi, deb yozadi YUNICEF tvitterdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Isroil  hukumatining  Quddusdagi  bir  necha  arab  oilalarini  uylaridan  haydab  chiqarish to‘g‘risidagi qarori va undan keyingi namoyishlar ortidan 10 may kuni Isroil va XAMAS  o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlandi. 10 may kuni guruh Isroil hududiga qator raketa hujumlarini  uyushtirdi. Bunga javoban, ID G‘azo sektorini o‘qqa tutishni boshladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!