Isroil o‘z fuqarolariga Markaziy Osiyo davlatlariga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi

Isroil o‘z fuqarolariga Markaziy Osiyo davlatlariga sayohat qilmaslikni tavsiya qildi

Isroil o‘z fuqarolariga alohida ehtiyoj bo‘lmasa, sayohat qilishi mumkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu ro‘yxatga Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, Qozog‘iston ham kiritildi. Bu haqda Kazinform agentligi The Times of Israel nashriga tayanib xabar beradi.

Ro‘yxatga Afrikaning ayrim davlatlari, O‘zbekiston, Turkmaniston va boshqalar ham kiritilgan.

Isroil Milliy xavfsizlik kengashi bayonotida aytilishicha, XAMAS butun dunyo bo‘ylab isroilliklarga hujum qilish ehtimoli tufayli o‘z fuqarolari xavfsizligidan qo‘rqadi va shuning uchun ulardan bir qator mamlakatlarga zarur bo‘lmagan sayohatlarni kechiktirishni so‘raydi.

Idora, shuningdek, barcha mamlakatlarga 1 dan 4 gacha bo‘lgan shkalani tayinlagan jadvalni e’lon qildi.

Uchinchi darajaga Markaziy Osiyo davlatlari, Janubiy Afrika Respublikasi va Eritreya belgilangan. Rossiya va Avstraliya ikkinchi toifaga kirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!