Isroil shimolida ogohlantiruvchi sirenalar yangradi

Isroil shimolida ogohlantiruvchi sirenalar yangradi

Isroil harbiylariga ko‘ra, qo‘shimcha bo‘linmalarni yuborish qarori Isroil va Livan o‘rtasidagi chegara hududida Isroil qo‘shinlari va Hizbulloh o‘rtasida otishmalar kuchaygani sababli qabul qilingan.

Isroil harbiylari, 36-diviziyaning piyoda va zirhli askarlari, jumladan Golani brigadasi, 188-zirhli brigada va 6-piyodalar brigadasi dushanba kuni boshlangan Livan janubidagi Hizbulloh nishonlariga «mahalliylashtirilgan, maqsadli reydlar»ga qo‘shilganini aytdi.

Chorshanba kuni ertalab ID qurolli kuchlari Livan janubidagi 25 ga yaqin qishloq aholisini evakuasiya qilish haqida yangi ogohlantirish berdi.

ID matbuot kotibi Avishay Adraei tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda arab tilida e’lon qilingan ogohlantirish Livan janubidagi to‘qnashuvlar haqidagi xabarlardan so‘ng berilgan.

Ogohlantirishda isroillik harbiylar Livan aholisiga zarar yetkazish niyatida emasligi va ular zudlik bilan Avaliy daryosining shimoliga, Isroil bilan chegaradan 50 km uzoqlikda evakuasiya qilinishi kerakligi aytilgan. Avali daryosi Isroilning Livandagi quruqlikdagi operasiyasi uchun ehtimoliy chegara hisoblangan boshqa daryo Litanidan shimolga oqib o‘tadi. Litan Isroil bilan chegaradan taxminan 40 km uzoqlikda joylashgan.
Bugun ertalab Isroil shimolida kelayotgan raketa hujumi haqida ogohlantiruvchi sirenalar yangradi.

ID Xayfa va G‘arbiy Jalila atrofidagi jamoalarda, Isroilning Livan bilan chegarasiga yaqin joyda bo‘g‘iq signal berdi. Keyinroq Isroil OAVlari IDga tayanib, chorshanba kuni ertalab Livandan Isroil shimoliga 100 tagacha raketa uchirilganini xabar qildi.
BBC Yaqin Sharq muharriri Sebastyan Asherning qayd etishicha, Livanga qo‘shimcha Isroil qo‘shinlarining kiritilishi Isroilning Hizbullohga qarshi hujumida cheklangan operasiyalardan tashqariga chiqishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Shu paytgacha ID o‘z maqsadi chegara hududidagi Livan milisiyasi infratuzilmasini yo‘q qilish bilan cheklanib, o‘n minglab isroilliklar Isroil shimolidagi uylariga qaytishi mumkinligini aytdi.

Isroil tomoni Bayrut va Livanning boshqa shaharlariga quruqlikdan kattaroq bostirib kirishni rejalashtirmayotganini aytdi. So‘nggi bir necha soat ichida Isroil Bayrutning janubiy chekka hududlariga bir necha marta zarbalar berdi.

Hizbulloh Isroilning quruqlikdagi hujumini qaytarganini va Isroilga raketa otishda davom etayotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!