Isroil og‘alariga yuzlandi: U Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirmoqda

Isroil og‘alariga yuzlandi: U Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirmoqda

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Katz Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Isroilga «kirish»ga tayyorligi haqidagi bayonotidan keyin Turkiyani NATOdan chiqarib yuborishga chaqirdi.

Bu haqda The Times of Israel yozmoqda.

«AQSh va G‘arb dunyosi Erdo‘g‘anni qoralashi va uning buzg‘unchi harakatlarini jilovlashi kerak», - dedi Katz.

Avvalroq, Niderlandiyada ham Turkiyani NATOdan chiqarib tashlash chaqiriqlari yangragan.

Erdo‘g‘an Turkiya xuddi «Qorabog‘ va Liviyaga kirgani» kabi Isroilga ham «kirishi» kerakligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!