Isroil Majdal Shamsdagi stadionga uyushtirilgan hujumda "Hizbulloh" qo‘mondoni yo‘q qilinganini e’lon qildi

Isroil Majdal Shamsdagi stadionga uyushtirilgan hujumda "Hizbulloh" qo‘mondoni yo‘q qilinganini e’lon qildi

SAXAL iyul oyida Golan tepaliklarida futbol maydoniga hujum uyushtirgan Hizbulloh qo‘mondoni Xidar ash-Shabiya yo‘q qilinganini e’lon qildi.

Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.

"Kecha razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, IAF qiruvchi samolyotlari Majdal Shams hujumiga mas’ul bo‘lgan terrorchi Xider ash-Shabiani yo‘q qilgan", - deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Xider ash-Shabiah Hizbullohning Hardov hududiga qo‘mondonlik qilgan hamda Xardov hududi, Xermon tog‘i va shimoliy Golan tepaliklaridagi SAXAL pozisiyalariga qarshi yuzlab raketa va tankga qarshi raketalarni uchirish uchun javobgar bo‘lgan.

Hizbulloh Isroilning bu bayonotiga hozircha izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni “Hizbulloh” jangarilari Golan tepaliklarida joylashgan Majdal Shams shahriga hujum uyushtirib, 12 bola halok bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!