Isroil Madrimov ilk bor Terens Krouford bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi

Isroil Madrimov ilk bor Terens Krouford bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi

Superyarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov Instagram sahifasiga yangi post joyladi.

Bokschimiz ilk bor yarim o‘rta vaznda WBC, WBA, IBF, WBO, The Ring kamarlari sohibi Terens Krouford bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi.

"Qiroldan tojni olish vaqti keldi! Sher O‘zbek yo‘lbarsiga qarshi. Men tayyorman, kel, buni amalga oshiramiz", deb yozgan Madrimov o‘z sahifasida.

Avvalroq, nufuzli ESPN nashri ham Isroil Madrimov o‘z kamarini 3 avgust kuni Terens Krouforddan himoya qilishi haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!