Isroil Livan bilan chegaradagi hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qildi

Isroil Livan bilan chegaradagi hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qildi

Isroil mudofaa kuchlari Livan bilan chegara yaqinidagi uchta aholi punkti hududini yopiq harbiy zona deb e’lon qildi . Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi .

«Vaziyat baholangandan so‘ng, Isroil shimolidagi Metula, Misgav Ama va Kfar Giladi hududlari yopiq harbiy hudud deb e’lon qilindi. Bu hududga kirish taqiqlangan», — deyiladi xabarda.

ID bu qarorni Livan hududida Isroilning quruqlikdagi operasiyasini boshlashi mumkinligi kutilayotgan paytda e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!