Isroil harbiylari 13 falastinlikni yaraladi

Isroil harbiylari 13 falastinlikni yaraladi

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Jericho shahridagi Aqaba Jabr qochqinlar lageriga Isroil harbiylari tomonidan uyushtirilgan reyd chog‘ida 13 nafar falastinlik yaralandi. Bu haqda “Anadolu”ga Yerixo davlat kasalxonasi bosh direktori Nosir al-Anani ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, isroillik harbiylar lagerga reyd o‘tkazayotganda ochgan otishma natijasida falastinliklar yaralangan. Vaziyatlari og‘ir deb baholangan yana ikki jabrdiyda Ramallohdagi Al-Istishari kasalxonasiga yetkazildi, dedi bosh direktor.

Mahalliy manbalarga ko‘ra, Yerixodagi qochqinlar lageriga uyushtirilgan reyd chog‘ida isroillik harbiylar ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz, shuningdek, haqiqiy va rezina o‘qlarni ishga solgan. O‘z navbatida, yosh falastinliklar isroillik harbiylarning harakatlariga norozilik bildirib, ularga tosh otdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, isroillik harbiylar lager binolarining bir qismiga zarar yetkazgan, shuningdek, kamida olti kishini hibsga olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!