Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 248 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 248 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 248 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 248 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Bureyj lageri, Shujayya hududi, Dayr al-Balah va Rafahga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 37 084 kishi shahid bo‘ldi.

▪️ Iordan daryosining g‘arbiy sohilida ishg‘olchilar Tubas, Tulkarm, Nablus, Baytlahm, Xalil, Jenin va Qalqilyaga bostirib kirdi. Ikki falastinlik halok bo‘ldi, 4 nafari yaralandi, ulardan 2 nafari bola. Tubasda qarshilik jangchilari bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda.

▪️ G‘azo hukumati: G‘azoda urush boshlanganidan beri 150 jurnalist halok bo‘ldi.

▪️ Hizbulloh Golan va Kfar Shuba tepaliklarida 6 ta amaliyot o‘tkazdi. Raketalar Udemdagi ishg‘ol artilleriya diviziyasi qarorgohigacha yetib bordi.

▪️ Al-Quds brigadalari: Karem abu Salem (Karam Shalom) nazorat-o‘tkazish punktida muxoliflar otryadiga hujum qildik, shuningdek, G‘azo markazidagi ishg‘ol texnikasini yo‘q qildik.

▪️ Isroil armiyasi Bosh shtabining sobiq rahbari, general-leytenant Gadi Ayzenkot, “Maxane Mamlaxti” partiyasi yetakchisi Beni Gans hamda G‘azodagi diviziya qo‘mondoni Avi Rozenfeld Netanyaxu hukumatini tark etdi. HAMAS: Gans va Ayzenkot cho‘kayotgan kemani birinchilardan bo‘lib tark etishdi.

▪️ Iordaniya, Marokash, AQSH, Kanada, Fransiya, Braziliya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Indoneziyada Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

▪️ G‘azoda AQSh maxsus qo‘shinlari boshchiligida amalga oshirilgan qutqaruv operasiyasi davomida HAMAS qo‘lidagi uch asir, ulardan biri Amerika fuqaroligiga ega, halok bo‘ldi. Mazkur qatliomda 274 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘ldi, 698 kishi jarohatlandi.

▪️ Isroilning 12-kanalida arab madaniyatiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv olib boruvchi aktrisa va yangiliklar boshlovchisi Lama Tatur Instagram ijtimoiy tarmog‘ida HAMAS qo‘lidan ozod qilingan ayol haqida: “9 oylik asirlikdan keyin garovga olingan odam shunday ko‘rinadimi? Uning qoshlari, terisi, sochlari, tirnoqlari menikidan yaxshiroq ko‘rinyapti! Buning uchun haqiqatan ham begunoh bolalar va ayollarni o‘ldirish kerakmidi?” deb yozgani uchun ishdan bo‘shatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!