Ispaniyada iyul oyidagi jazirama tufayli 700 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Ispaniyada 40 darajadan oshiq g‘ayritabiiy yuqori haroratlar kuzatilmoqda. Mayorka jazirama issiqdan eng ko‘p aziyat chekmoqda: 1 avgust, payshanba kuni u yerda bir kunda bir necha kishi halok bo‘ldi.
Birgina iyul oyida Karlos III sog‘liqni saqlash instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Ispaniyada kamida 771 kishi issiqdan vafot etgan, ularning aksariyati oyning so‘nggi haftasida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)