Ispaniya Kubogi. Qaysi jamoalar 1/8 finalga chiqdi?

Ispaniya Kubogi. Qaysi jamoalar 1/8 finalga chiqdi?

7 dekabr kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/16 finali doirasida javob uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Xususan, Madridning «Real» jamoasi o‘z maydonida «Melilla» klubini qabul qilib, 6:1 hisobida g‘alaba qozongan holda 1/8 finalga yo‘l oldi.

Bir kun oldin esa «Barselona» «Leonesa» klubini 4:1 hisobida yenggandi.

Shu tariqa 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

1/8 finalga quyidagi jamoalar yo‘l oldi:

  • «Valensiya»
  • «Leganes»
  • «Jirona»
  • «Sevilya»
  • «Vilyarreal»
  • «Barselona»
  • «Real Madrid»
  • «Atletik B»
  • «Xetafe»
  • «Espanyol»
  • «Atletiko M»
  • «Real Sosyedad»
  • «Valyadolid»
  • «Levante»
  • «Sporting Xixon»
  • «Betis»

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!