Ispaniya aholisi hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

Ispaniya aholisi hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

Madridda 30 mingga yaqin odam amaldagi hukumatga qarshi namoyishga chiqdi. Bu haqda «TASS» ma’lum qildi.

Miting tushdan keyin shahar meriyasi joylashgan Cibeles maydonida boshlandi. Ishtirokchilar hukumat va amaldagi bosh vazir Pedro Sanches iste’fosini talab qilmoqda. Bundan tashqari, namoyishchilar «konstitusiyani himoya qilish» va «birlashgan va gullab-yashnagan Ispaniya» pozisiyasini bildirish uchun chiqqanini da’vo qilmoqda. Ayrim muxolif siyosatchilar namoyishchilarga qo‘shildi.

«Biz demokratiyamizning yomonlashishi, davlatimiz zaiflashishi va institutlarning jiddiy eroziyasi haqida ogohlantiramiz. Biz hukumatni separatizm, totalitar populizm va terroristik guruhlar vorislari qo‘llab-quvvatlayotganiga va himoya qilayotganiga qarshimiz», - dedi namoyish tashkilotchilari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!