Islom dinida ayollar huquqlari cheklanganmi?

A A A
Islom dinida ayollar huquqlari cheklanganmi?

Islom dinining jamiyatimizdagi mavjud sharoitlarni hisobga olgan holda ayollarga nisbatan tutgan  pozisiyasi qanday? 

Men avvalo so‘ramoqchiman:  Islom dunyosida ayollarga Islom ta’limotiga ko‘ra munosabatda bo‘linganmi?  Menimcha, bundayin munosabat juda ham kamdan kam holatda bo‘lgan... 

Imom Hokim "Mustadrak" ida Islom dunyosi ming yildan beri u ila hukm qilayotgan mavzu-yolg‘on hadis rivoyat qilgan. Ushbu hadis quyidagicha keltirilgan: "Ayollarga yozishni o‘rgatmanglar, xonalarida maskan tutdirmanglar...". Ya’ni, agar uy bir necha qavatlardan iborat bo‘lsa, ayollarni tepa qavatga joylashtirish nojoiz. Ularga yer usti yoki imkon bo‘lsa yer osti ham bo‘laveradi.

Ushbu yolg‘on hadisga amal qilinishi sababli o‘tgan asrlarda qiz bolalar uchun qishloqlar yoki shaharlarda  maktablar ochilmadi va ayollarga ta’lim berish ortiqcha, balki taqiqlangan manfur masalaga aylanib qoldi !!  

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Allohning cho‘rilarini  Allohning masjidlaridan man etmanglar",  boshqa rivoyatda: «Ayollarga kechalari masjidlarga kirishlariga izn beringlar», deya aytganlarini rivoyat qildi.

Shunda u kishining o‘g‘li nabaviy ko‘rsatmalarga qarshi chiqib: "Allohga qasamki, man etamiz", dedi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu  anhu o‘g‘lining ko‘kragiga bir urdi va unga g‘azab bilan: "Men: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday aytdilar desam, sen bunday qilmaymiz deyapsanmi?!",  dedi. So‘ngra esa umri oxirigacha u bilan yaxshi muomala qilmadi.

(Muslim rivoyati).

(Aslida u kishining o‘g‘illari bo‘lmish Bilol ayollar Nabiy alayhissalomdan so‘ng zebu- ziynatga berilib ketganidan fitna bo‘lmasin deb shunday aytgan edi. Ammo, otasi buni hadisga behurmatlik o‘laroq qabul qildi.

Shuningdek, ayollar satri avratga beparvoliklari, zebu-ziynatga hirs qo‘yganlari bois hanafiy ulamolar ayollarni masjiddan man etganlar. Lekin, qari ayollarga ba’zi shartlar bilan ba’zi namozlar uchun masjidga chiqishlari joiz deb aytishgan).

G‘aroyibi shundaki, Islom olamida garchi sahih hadis bo‘lsa-da Ibn Umar roziyallohu anhu hadisiga e’tibor berilmay, u kishining (o‘sha voqeada) odobi yaxshi bo‘lmagan o‘g‘li fikriga ergashildi.

Ayollarning masjidlarga borishiga umuman taqiq qo‘yildi...

Uzoq yillik iztirobli intilishlardan so‘ng, ayollarning masjidda namoz o‘qishlari uchun qo‘yilgan taqiqning 10% dan kamrog‘ini olib tashlash nasib qildi. Ammo, hayhot-ki hali ham ko‘plab shahar va qishloqlar masjidlari ayollar uchun yopiq...

Men Birlashgan Arab Amirliklarida «Al-Ittihod» gazetasi tomonidan ushbu masalaga oid tarzda nashr etilgan maqolaga doir bir majlisda qatnashdim. Ustoz Mustafo Shirdiy: Biz seshanba kuni kechqurun Sa’d ibn Abu Vaqqas masjidida bo‘lamiz, deb xabar bergach, ma’ruzachi nutqini tugatdi va o‘zaro muloqat boshlandi. 

Ayollar joylashgan maxsus bo‘limdan savol tushdi. Savol beruvchining so‘zlariga ko‘ra, u bir necha ayollari bo‘lgan erkak bilan turmush qurgan va otasi yolg‘iz o‘zi yashab, g‘amxo‘rlikka muhtoj bo‘lishiga qaramay, eri unga otasining ziyorat qilishiga va vaqti-vaqti bilan unga g‘amxo‘rlik qilishga ruxsat bermas ekan.  

Ushbu ayol eriga qarshi chiqib, otasiga g‘amxo‘rlik qilsinmi yoki eriga itoat etib otasiga g‘amxo‘rlik qilmasinmi?

Savol hammani o‘yga toldirib, jim bo‘lib qolishdi. Barchaning e’tibori  ma’ruzachi nima javob berishida edi. Zotan, ma’ruzachi fazilatli olim bo‘lib, ushbu savol ko‘plab qalblar torlarini chertgani aniq va  ma’ruzachi qanday javob berishiga juda ham diqqat bilan qarab turishar edi.

Ma’ruzachi Allohga hamd aytib, U Zotning Rasuliga salot-u salom yo‘lladi. Keyin esa sadoqat to‘g‘risida gapirdi. Xotinning erga itoat etishi, Islom dinida  oilaning farovonligi va jamiyat xavfsizligi yo‘lidagi ushbu majburiyatni bajarish va unga rioya qilish qanday ta’kidlaganligini aytib o‘tdi.

So‘ngra, ayoldan erini o‘z otasiga g‘amxo‘rlik qilishiga imkon berishi uchun qat’iy  sa’y-harakatlarini ikki baravar oshirishi lozimligini aytdi. Agar er o‘z aytganida qattiq turib olsa, unda unga itoat etmay, otasiga g‘amxo‘rlik qilishi mumkin ekanini so‘zladi. 

Chunki, otaga qizidan boshqa qarovchi yo‘q bo‘lib, erning esa unga ayollik xizmatini bajaruvchi boshqa ayollari ham bor. Ota-onani hurmat qilish to‘g‘risidagi Qur’on hukmi esa aniq va ravshandir.  

Ma’ruzachi javobini tugatgach zalda shivir-shivir kuchayib ketdi...

 Majlis qatnashchilari orasida bir nechta turmush qurganlar ko‘p bo‘lib,  shubhasiz, ular ma’ruzachining javobidan qoniqishmadi. Ular bu javobda mantiq va aqlga zid tarzda, ayollar erining buyrug‘iga bo‘ysunmasliklariga da’vat bor deya bilishdi. Majlis ishtirokchilarining bir guruhi esa bu javobdan asabiylasha boshlashdi. Ular: "Ma’ruzachining bu fikri Islom ta’limotiga ziddir. U bu javobidan qaytishi shart. Chunki erga bo‘ysunish, undan boshqa barcha masalalardan oldin lozim bo‘ladi", deb aytishar edi.

Muhimi shundaki, biz masjiddan chiqdik va ushbu savolning javobi haqidagi turli fikrlar orasida savol o‘z holicha qolaverdi! 

Shayx muftiydan fatvosini o‘zgartirishi va otasi vafot etgan taqdirda ham ayolni uydan chiqarmaslik to‘g‘risida hukm chiqarishi talab qilindi!  Ushbu talabga esa otasi vafot etganida ham  eri safardaligi bois uyidan chiqmagan ayoldan Alloh  rozi bo‘lganligi haqidagi hadisni dalil qilindi. (bizda juda mashhur rivoyat).

Men: Bu yolg‘on hadis-ku, dedim!  Islom nomidan bir ayolni otasiga oq bo‘lish, silai rahmni uzish va garchi otasi vafot qilgan bo‘lsa-da eri rozi bo‘lmagani uchun bormasligini talab qilish o‘ta g‘aroyib ish-ku!

 Bu bechora ayol qarindoshlik rishtasini yo‘qotgan chog‘ida uning uchun bu oilaviy uyda insoniy qadriyatlardan nima qolar ekan?

Ushbu mushtipar ayol unga amr va qahr qiladigan ayg‘ir (er) qo‘l ostidagi mulk bo‘la oladi xalos...

 Qishloqdagi ayollarning aksariyati qonuniy merosidan mahrum bo‘lishib, meros faqat erkaklar o‘rtasida taqsimlanadi. Merosga ega bo‘lib olgan erkaklar: "Qanday qilib begona odamni otamizning yeri (merosi) ga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘yamiz? (ya’ni, xotini olgan meros ulushiga er egalik qilib olishi nazarda tutilyapti).

 

Agar opa-singil o‘zining qonuniy meros ulushini so‘raydigan bo‘lsa, akalari singildan bir umrga uzilib ham ketishadi. 

Va sharafli oilalarda ajoyib an’analar mavjud - ya’ni Payg‘ambar alayhissalomning ahli baytlariga mansubligini da’vo qiladigan oilalarda agar ayol eriga kufv (tenglik) da barobar bo‘lmasa juda ham vahshatli holatda vafot etadi. Ammo shu sharafli oilaga oid erkaklar esa ingliz va amerikaliklarga uylanish huquqiga ega.

Ko‘rinib turibdiki, Sem amaki yoki Jon tog‘aning qizlari u kimsaning sharafiga mos keladigan sharafga ega ekan. Sharafli qon bilan taqdirlangan ayollariga kelsak, ular hayoti davomida o‘limdan boshqa narsaga ega bo‘lishmaydi. 

Imom Buxoriy Rabi’ bint Muavvaz roziyallohu  anhodan rivoyat qiladi: "Biz Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga g‘azot qilar, urishayotgan qavmga suv berar, xizmat qilar, yaradorlar va o‘liklarni Madinaga qaytarib olib  borar edik...".

Aftidan, bu an’ana juda qisqa muddatli bo‘lib, urush va tinchlik kunlarida ham yashiringan edi. (juda ko‘pchilik buni bilishmaydi yoki e’tibor berishmaydi).

 Islom dunyosidagi kasalxonalar bugungi kunda xorijiy  hamshiralarga uzviy bog‘liq bo‘lib, agar ayollar masjidlarga borishdan taqiqlagan bo‘lsa, ularga (yuqorida aytilgan) jang maydonlariga borishga vakolat berilar edimi?!

Men G‘arb sivilizasiyasining xususiyatlarini bizning jamiyatimizga ta’sir o‘tkazishini tushunishni ham istamayman, chunki, bu sivilizasiya yaxshi an’analar bilan birga yomon urf-odatlarni birlashtiradi. 

Aksincha, men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u zotning birinchi salaflari hayotining tarjimai holidan yozma yoki tushunarli matnlarni amalga oshirmoqchiman va bu yo‘l xayolot va buzuqlik qilina olmaydigan yo‘ldir. 

Ayollar masalasiga kelsak, men ular haqida to‘qilgan hadislar, mo‘ljallangan maqsad bilan o‘zgartirilgan zaif hadislarni va ularning mavqei (asl maqsadi) dan chalg‘itilgan sahih hadislarni ko‘rdim... 

Ba’zi faqihlar nazdida ayolning uyidagi ibodati uning Masjidul Harom yoki Masjidun Nabaviydagi namozidan afzal ekanini o‘qib hayronlar qoldim!

Va men: Agar rostdan ham shunday bo‘lgan bo‘lsa, nega Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z masjidlarida ayollarning saflarini tashkil qildilar? Nega u zot alayhissalom ular uchun maxsus eshik yasatdilar? Nima uchun ularga bu eshikdan borib, ilm o‘rgatdilar va sadaqa berishga undadilar? Nega «ba’zilar»ni ayollarning saflariga yaqin bo‘lishlaridan hazir bo‘lish ila ogohlantirdilar? 

Voqe’lik shuki, agar farzandlarini boqish yoki tarbiyalash mas’uliyati ayolning zimmasiga yuklangan bo‘lsa, ayolning o‘z uyida namoz o‘qishi maqsadga muvofiqroqdir. Lekin, agar u bu vazifalarni biron bir sabab bilan yengillatsa, hech bir kishi ayolni kecha-yu kunduz masjidga borishiga to‘sqinlik qila olmaydi. 

Ya’ni, jamoat namoziga borish ayollarga erkaklar kabi sunnati muakkada emas. Ammo ushbu narsalar  ila ayolning amaliy va ibodat hayotini o‘likdek qamalga olinib, xuddi Islom dunyosidagi ijtimoiy sharoit tugagani kabi, ayollarni dunyoda yoki dinda o‘rni bo‘lmagan hayvonga aylantirildi. 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka shahrini fath etganlarida, ayollar u zotga bay’at qilish uchun chiqib, u zotdan Islom ta’limotlarini o‘rgandilar va ular bu maqsadda o‘z uylarida qamalib o‘tirmadilar. Ya’ni, u vaqtda ayolning jamoat hayoti bilan aloqasi mavjud edi va amalda u erkakning munosabatlari bilan barobar bo‘lgan. Lekin bu chegaradan sira ham oshmagan...

Makka fathidan avval ko‘plab ayollar Islomni qabul qildilar. Ular kofir erlari bilan qolishdan bosh tortdilar, shuning uchun ular Madinaga hijrat qilishga qaror qildilar... 

Bu narsa musulmonlar Makkadan o‘z dinini saqlash uchun qochib, o‘zlariga qo‘shilgan har bir kishini mushriklarga qaytarib berishga majbur bo‘lgan Xudaybiyya shartnomasini amalga oshirilgan vaqtda bo‘lgan.  

So‘ngra ayollarni bu hukmdan uzoqlashtirgan Qur’on oyatlari nozil qilindi.

 Alloh tolo marhamat qiladi: 

«Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga mo‘minalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib ko‘ringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, mo‘minaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang».

(Mumtahana, 10).

Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning o‘sha sinovli vaqtlarda muhojir ayollarga  qasam ichirganligi haqida xabar berilgan. Ayollar bu tarzda qasam ichishar edi: «Alloh haqqi, men bir yerdan boshqa yerga ko‘chish rag‘batida emasman!  Alloh haqqi, men erimni yomon ko‘rish sababli bu yerga kelganim yo‘q!  Alloh haqqi, men dunyo moli istagida chiqmadim!  Alloh haqqi, men Alloh va Uning Rasuliga bo‘lgan muhabbatim sababli bu yerga keldim!!! ». 

Ushbu o‘rinda siz nimani ko‘rayapsiz? Mustaqil, odamlarga hurmatli, haqiqat uchun kurashadigan, tinchliksevar, vijdoni va tafakkuriga binoan yashaydigan  odamni ko‘rmayapsizmi?  

So‘nggi asrlarda musulmon ayollar ichidagi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkada ekanlarida u zotga qat’iy ishongan va Madinaga u zot sari hijrat qilgan ayollar kabilar qayerda qoldi? Qani ular?!

Kitob, iymon, namoz yoki umumiy madaniyatni bilmaydigan, ammo uning uchun ismini bilish ham  sharmandali deb hisoblanadigan  ayollar qoldimi?!  

Chunki, hozirdagi bechora ayollarning ovqat tayyorlash va erini rozi qilishdan boshqa vazifasi qolmagan !

Shayx Muhammad G‘azoliy rahimahulloh.

"Islom haqida yuz savol" kitobi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Eron: yangi havo mudofaa tizimi bir nechta AQSh samolyotlarini urib tushirdi

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси маълум қилишича, 3 апрель куни янги ҳаво мудофаа тизими АҚШ ва Исроилга тегишли ҳаво техникасига зарба берган.

Tramp Eron tomonidan urib tushirilgan samolyot haqida fikr bildirdi

Бу ҳақда NBC News нашри хабар бермоқда.

Gvardiolaning yordamchisi: «Husanov shu qadar tezki...»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.

Eron Hormuz orqali yangi yo‘nalish ishlab chiqdi

Бу ҳақда Қатарнинг Al Jazeera телеканали хабар берди.

Bahodir Jalolov: “Erkak kishini ikki narsa sindiradi..."

Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.