Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
Prezident Farmoniga asosan shu yilning 1 sentyabridan e’tiboran:
✅ byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi;
✅ mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m;
✅ bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so‘m;
✅ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so‘m;
✅ yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘m;
✅ bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so‘m;
✅ zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so‘m;
✅ ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so‘m;
✅ belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so‘m etib belgilandi.
