Irjar — Do‘stlik — Jizzax yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Irjar — Do‘stlik — Jizzax yo‘nalishida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Davlatimiz rahbarining shu yil aprel oyida Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan yig‘ilishda Sharof Rashidov, Paxtakor, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlarini Jizzax shahri bilan bog‘lovchi «Irjar—Do‘stlik—Jizzax» yo‘nalishida teplovoz qatnovi yo‘lga qo‘yilishi aytilgan edi.

Shu munosabat bilan «Irjar—Do‘stlik» stansiyalarining 7 kilometrida ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan stansiyalar oralig‘idagi temir yo‘l izlarida tubdan ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.

Shu kunga qadar ikki kilometr masofadagi temir yo‘l izlari qayta yotqizildi.

Maqsad qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniga yetib, sentyabr oyidan boshlab teplovoz qatnovining yo‘lga qo‘yilishi natijasida tumanlardagi 450 ming nafardan ziyod aholini viloyat markaziga qatnashida sezilarli yengillik yaratishdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!