Iqtisodchi fikri: Dollar kursi boshqa davlatlarda xam ko‘tarilyapti, bizda nima uchun oshmasligi kerak? Oxirzamondek vahima qilmang!

A A A
Iqtisodchi fikri: Dollar kursi boshqa davlatlarda xam ko‘tarilyapti, bizda nima uchun oshmasligi kerak? Oxirzamondek vahima qilmang!

 Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashuv markazi rahbari, iqtisodchi Yuliy Yusupov O‘zbekistonda AQSh dollari kursining keskin oshib ketishi sabablari borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Meni dollar kursi ko‘tarilishi sababli ijtimoiy tarmoqlarda boshlangan vahima hayron qoldirmoqda.

- Go‘yoki yangi tariximizda almashuv kursining bundan kattaroq sakrashi bo‘lmagandek. Hattoki 2017 yil sentyabrdagi devalvasiya kabi misolni nazarda tutayotganim yo‘q. Liberalizasiyagacha dollar qora bozorda qanchalik ko‘tarilganini yodimizdan chiqarib qo‘ydik shekilli.

- Go‘yoki 2017 yil sentyabrgacha birja kursi 10 ming so‘mlik “psixologik ko‘rsatkich”dan oshmagandek. Bizga import mahsulotlar narxini xuddi shu kursda hisoblashmagandi. Endi esa 10 ming so‘mlik ko‘rsatkich xuddi oxirzamondek tuyulmoqda. Zero bu ko‘rsatkichni bir necha yil avval qayd etganmiz.

- Go‘yoki bozor almashuv kursi boshqa davlatlarda, ayniqsa sobiq SSSRdagi qo‘shnilarimizda ko‘tarilmayotgandek. Ularda oshmoqda, bizda nima uchun oshmasligi kerak?

Milliy valyuta almashuv kursi nega tushib ketmoqda? 

Asosiy sabab – ortiqcha pul massasi emissiyasi. Valyuta bozorida ham boshqa bozorlardagi singari talab va taklif qonuni amal qiladi: agarda ikkita mahsulot bir-biri bilan almashtirilayotganida bir mahsulot ikkinchisiga nisbatan ko‘proq taklif qilinsa, u holda birinchisining narxi ikkinchisiga nisbatan tushadi. Agarda so‘mning ortiqcha massasi emissiyasi tezligi boshqa valyutalar emissiyasinikiga nisbatan oshib ketsa, u holda so‘mning boshqa valyutalarga nisbatan qiymati pasayadi.

Ortiqcha pul emissiyasi nima? Iqtisodiy o‘sish sur’atidan ortiq bo‘lgan pul emissiyasining (chiqarilishi) o‘sishi. Oddiy so‘z bilan aytganda, mahsulot massasiga nisbatan pul massasining o‘sishi. Agarda ortiqcha pul emissiyasi bo‘lsa, milliy valyuta mamlakat ichida ham (bu ichki narxlarning o‘sishida ko‘rinadi, ya’ni inflyasiyada), mamlakat tashqarisida ham (milliy valyuta almashuv kursi tushib ketishida namoyon bo‘ladi) qadrsizlanadi. Shu orqali inflyasiya darajasi bo‘yicha valyuta bozoriga chiqadigan ortiqcha pul massasini muvozanatga solib turishi kerak bo‘lgan almashuv kursining taxminiy o‘zgarishlariga baho berish mumkin.

Nima uchun faqat “taxminiy o‘zgarishlar” haqida gapirish mumkin. Chunki almashuv kursiga ortiqcha pul massasidan tashqari, boshqa omillar: importga bo‘lgan talabning o‘zgarishi, mehnat migrantlaridan keladigan valyuta, kredit va xorijiy investisiyalar hamda savdo sheriklarimizning valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois inflyasiya darajasi – bu almashuv kursining hozirgi va kelajakdagi o‘zgarishlarining taxminiy mo‘ljali hisoblanadi. 

Bizda hozir inflyasiya darajasi qanday? Masalan, 2018 yilda Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 14,3 foiz bo‘lgan. Bu raqam taqribiy. Ammo u raqamlar haqida so‘zlaydi.

Keyingi yil davomida so‘m qanchalik qadrsizlandi? Bir yil avval 1 dollar rasmiy kurs bo‘yicha 7765 so‘m edi. Bugun – 8705. O‘sish qanday? Atigi 12 foiz. Bu oz. So‘m yanada ko‘proq qadrsizlanishi kerak edi! Ayniqsa, avvalgi yilda u deyarli qadrsizlanmagani hisobga olinsa. Eslatib o‘taman, 2017 yil sentyabrda (valyuta bozori liberallashtirilganidan keyin) dollar narxi 8094 so‘m edi. So‘m ikki yil ichida qanchalik qadrsizlandi? 7,5 foiz! Bu mamlakatdagi haqiqiy inflyasiya hisobga olinadigan bo‘lsa, kulgili raqam.

Nima uchun aynan hozir almashuv kursi keskin ko‘tarilib ketdi?

Ha, chamasi, Markaziy bank ma’lum qilganidek, tashqi omillar  ta’sir ko‘rsatmoqda: savdo hamkorlarimiz bo‘lgan mamlakatlar valyutalari ozgina qadrsizlandi. Ammo asosiy sabab boshqa yoqda. Markaziy bank yaqin-yaqingacha tashqi bozorda oltin sotib so‘mning haqiqiy almashuv kursini sun’iy ravishda mustahkamlab kelgandi, ya’ni ortiqcha pul emissiyasi sababli tushib ketishini to‘xtatib turgandi. 

Bu esa keyingi bir yarim yil ichida import o‘sishiga asosiy sabab bo‘ldi. Qanday bog‘liqlik bor? Eksport ham, import ham almashuv kursiga qattiq bog‘langan. Agarda so‘mning haqiqiy almashuv kursi o‘ssa (ya’ni nominal devalvasiya inflyasiyadan ortda qolsa), u holda import nisbatan arzonlashadi va unga bo‘lgan talab oshadi. Eksport bilan esa hammasi aksincha: milliy valyutaning mustahkamlanishi esa eksportning foydasini kamaytiradi (mahsulotlarimiz tashqi bozorda qimmatlashadi). Natijada xorijiy valyuta taklifi kamayadi, unga bo‘lgan talab esa oshadi.

Markaziy bank devalvasiyaning hozirgi sababi importga bo‘lgan talabning o‘sishi deb aytganida mutlaqo haq. Faqat bu o‘sish birinchi navbatda Markaziy bankning avvalgi siyosati natijasi ekanligini aytishmayapti. Aynan oltin-valyuta rezervlarini sotish hisobiga so‘mni mustahkamlash siyosati importning o‘sishini rag‘batlantirgan. 

Hozirda Markaziy bank bu siyosatdan voz kechdi. Dollar paytdan foydalanmoqda. Ya’ni so‘m devalvasiyasi sun’iy ravishda ushlab turilganidan so‘ng bozorda sakrash yuz bermoqda va muvozanat tiklanmoqda. 

Eng asosiysi, Markaziy bankning intervensiyasi almashuv kursining keskin sakrashini silliqlashga yo‘naltirilishi lozim. Ammo amaliyotda bunday siyosat mohirona olib borilmaydigan bo‘lsa, teskari natijani ko‘rishimiz mumkin.

Xulosa qanday?

- Talab va taklif qonunini aldashga urinib bo‘lmaydi. Bozorni aldab bo‘lmaydi. Ertami-kechmi muvozanat nuqtasiga qaytishga to‘g‘ri keladi. Yig‘ilib qolgan inflyasiyani hisobga oladigan bo‘lsak. Biz bu nuqtaga hali yetib kelmadik. Ya’ni qisqa muddatli davrda agarda Markaziy bank aralashmaydigan bo‘lsa (shunday bo‘lishiga umid qilamiz), dollar yana oshadi. 

- Hozirgi devalvasiya importning qimmatlashi, natijada esa hajmi qisqarishiga olib keladi. Boshqa tomondan, bu eksportchilar uchun manfaatli. Natijada eksport o‘sishini kutish mumkin (tabiiyki, mavsumiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda).

- Uzoq muddatli rejada dollar kursi ortiqcha pul emissiyasi muammosini hal qilmagunimizcha o‘sishda davom etadi. Aynan u inflyasiya va devalvasiyani vujudga keltiradi. Moliya tizimimizni mustahkamlashni istasak, uning mustahkam emasligi sabablarini bartaraf etishimiz lozim. 

Ortiqcha pul emissiyasi nimaga bog‘liq – bu mavzu alohida suhbatni talab qiladi va bu borada maqolalarim chop etilgan. Uning fiskal siyosat sohasida ham, pul-kredit siyosati sohasida ham sabablari mavjud. 

Shunday qilib, moliyaviy mustahkamligimiz, jumladan almashuv kursining mustahkamligi Hukumat va Markaziy bank hamda tashabbuslari iqtisodiyotdagi ortiqcha pul miqdoriga katta ta’sir ko‘rsatuvchi Prezidentning qo‘llarida. Rahbariyatimizning oqilona yo‘l tutishiga, moliya intizomi va bozor iqtisodiyoti qonunlariga rioya qilishiga umid qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

O‘zbek klublariga milliardlar ajratildi

Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

Zelenskiy: "Ukraina Rossiya bilan kelishuvning har qanday shakliga tayyor"

Ўт очишни тўхтатишнинг барча кўринишларига, шу жумладан, Пасха байрами кунларида ҳам жангларни тўхтатишга розимиз.

Tramp neft taqchilligini boshdan kechirayotgan mamlakatlarga taklif berdi

Ўзингизни ўзингиз ҳимоя қилишни ўрганишни бошлашингизга тўғри келади.

Vashingtondagi Kapitoliy binosi ro‘parasida ulkan oltin unitaz haykali paydo bo‘ldi

Бу инсталляция пастга қараб, муаммони кўра билган ва уни олтин рангга бўяган узоқни кўрадиган шахсга эҳтиром рамзидир

Rossiyaliklar 1 maydan boshlab VPN ishlatgani uchun haq to‘lashi mumkin

Шадаев "VK", "Ozon" ва "Яндекс" каби йирик платформа вакиллари билан ҳам учрашиб, улардан "VPN" орқали кирувчи фойдаланувчилар учун чекловлар қўйишни сўради.

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.

Erondan jiddiy ayblov: gumanitar samolyotga hujum ortida AQSh va Isroil bormi?

Эрон Fars ахборот агентлиги орқали АҚШ ва Исроилни гуманитар ёрдам олиб кетаётган фуқаролик самолётига ҳужум қилганликда айблади.

Qashqadaryoda qurilish hududida vafot etgan 12 yoshli qiz ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Қашқадарё вилояти Қарши шаҳрида 2020 йил август ойида содир бўлган фожиали ҳодиса юзасидан суд ҳукми эълон қилинди.

Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi,zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Наманган вилоятида мактаб ўқувчисига нисбатан содир этилган жинсий зўравонлик жинояти ҳолати Болалар омбудсмани назоратига олинди.

Tramp: "Eron bizga yana bir sovg‘a berdi"

Трамп бу ҳақда журналистларга маълум қилди.

Afg‘onistondagi suv toshqinlari 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Бу ҳақда мамлакат Миллий табиий офатларни бошқариш бошқармаси вакили Юсуф Ҳаммад маълум қилди.

Interpol qidiruvida bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Хабарга кўра, 40 ёшли T.Р. ва 38 ёшли Ф.A. Ўзбекистонда йирик миқдорда фирибгарлик жиноятини содир этгани учун халқаро қидирувда бўлган.

Toshkentda tunda poyga uyushtirgan 2 haydovchi qamaldi

Мазкур кўчадаги камера ёзувлари ва гувоҳларнинг кўрсатмаси асосида ўтказилган суриштирувлар давомида Lacetti русумли автомобилда 27 ёшли Рамиз Исломов ва Onix русумли автомобилда 21 ёшли Азимжон Абдусатторов бўлгани аниқланган.

Parijda Bank of America binosi oldida terakt sodir etilishining oldi olindi

Жиноятчининг иқрор бўлишича, уни Snapchat платформаси орқали 600 евро эвазига ёллашган.

Ukraina terma jamoasi Ispaniyada o‘g‘rilar hujumiga uchradi

Ўйинчилар ва мураббийлар штаби қимматбаҳо соатлар, бир неча минг евролик ҳашаматли буюмлар ва нақд пул йўқолганини аниқлаган.

Xakan Fidan: Yaqin Sharqdagi keskinlik kengroq urushga aylanishi mumkin

Бу ҳақда Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан Стамбулда бўлиб ўтган Халқаро стратегик коммуникациялар (STRATCOM) саммитида сўзлаб, маълум қилди.

Keniyada yomg‘ir va sel oqibatida o‘limlar soni 108 ga yetdi

Бу ҳақда мамлакат Миллий полиция хизмати хабар берди.