"Ipoteka bank" mansabdorlari tomonidan guruh bo‘lib juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi

"Ipoteka bank" mansabdorlari tomonidan guruh bo‘lib juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘lari o‘zlashtirilgani aniqlandi

ATIB "Ipoteka bank" Farg‘ona viloyati filiali mansabdor shaxslari tomonidan guruh bo‘lib juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish, aldov, mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyati sodir etilganligi aniqlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur bank viloyat filiali mansabdor shaxslari "O.S.I" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.YU. va uning sheriklari bilan oldindan til biriktirib, jinoyat sodir etgan.

Xususan, Farg‘ona shahrida joylashgan chorvachilik bino-inshootlarini sotib olish uchun nomi keltirilgan jamiyat hisob raqamiga kredit mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘m o‘tkazilgan. Lekin binolar sotib olinmasdan, 399 million so‘mini aslida ko‘rsatilmagan texnik xizmatlar uchun mas’uliyati cheklangan jamiyati hisob raqamiga, shundan 133 million so‘mini jamiyat rahbari A. YU. ning korporativ plastik kartasiga o‘tkazib, naqdlashtirilgan. Qolgan 266 million so‘mni esa o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborib, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘larini talon toroj qilganligi aniqlandi.

Shuningdek, mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli sudning undiruv qarori bilan garov mulki hisoblangan chorvachilik bino inshootlariga qaratilgan. Bank mansabdor shaxslari fuqaro I.Kga mazkur bino-inshootlarini olib berishni aytib, zakolat sifatida 19 ming 900 AQSh dollarini olib, omonatga qo‘ymasdan firibgarlik yo‘li bilan uni qo‘lga kiritgan.

ATIB "Ipoteka bank" Farg‘ona viloyati filiali mansabdor shaxslari va "O.S.I" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari A.Yu hamda boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 205-moddasi 2 –qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!