“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida “Sky Chess” maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir yakunlandi

“Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetida “Sky Chess” maktablari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnir yakunlandi

Joriy yilning 2–3 iyul kunlari “Sky Chess” shaxmat maktabi, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti hamkorligida tezkor (rapid) shaxmat bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. Musobaqalar “Ipak yo‘li” universitetida o‘tkazildi.

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 10 000 000 so‘mni tashkil etdi. Turnirda “Sky Chess” maktabining Toshkent, Qarshi va Samarqand shaharlaridagi filiallari tarbiyalanuvchilari o‘zaro kuch sinashdi.

Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish – musobaqaning maqsadlaridan biri bo‘lib, yosh shaxmatchilar ko‘hna Samarqand bilan yaqindan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi.

3 iyul kuni turnirning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosarlari – N. Zikrillayev va A. Eshtayevlar tantanali so‘zga chiqib, shaxmat musobaqalari navqiron avlodni har tomonlama rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar. Bundan tashqari, turizm va madaniy meros sohalarida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari Alisher Eshtayev ta’kidlaganidek, ishtirok etgan yosh shaxmatchilar universitetga alohida qiziqish bildirmoqda va kelajakda maktablarini bitirib, o‘qishlarini “Ipak yo‘li” universitetida davom ettirmoqchilar.

Hakamlar hay’ati g‘oliblarni pulli mukofot va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. G‘oliblar ikki guruhga bo‘lingan.

“A” guruhi g‘oliblari:

1-toifa:

1-o‘rin – Muhammadzohid Suyarov;

2-o‘rin – Biloliddin Obidov;

3-o‘rin – Ormet Obidjonov;

4-o‘rin – Aziz Attayev;

5-o‘rin – Muhammadsolih Rahmatullayev.

2-toifa:

1-o‘rin – Shahina Ahmedova;

2-o‘rin – Mumtozbegim Mansurova.

3-toifa:

1-o‘rin – Ilhom Normurodov.

“A” guruhi g‘oliblari

“B” guruhi g‘oliblari:

1-toifa:

1-o‘rin – Aziz Sattorov;

2-o‘rin – Jahongir O‘ktamov;

3-o‘rin – Anvar Hakimi;

4-o‘rin – Xusnora Xusnutdinova;

5-o‘rin – Shoxruzbek Ro‘ziqulov.

2-toifa:

1-o‘rin – Mumtozbegim Sobirova;

2-o‘rin – Aziza Xusnutdinova.

3-toifa:

1-o‘rin – Feruzbek Sobirov.

Tashkiliy qo‘mita tomonidan ta’kidlanganidek, turnir doimiy tus oladi va unga respublikaning barcha hududlaridan yosh shaxmatchilarni keng jalb etish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!