Internet ijtimoiy tarmoqlarda sal avval ikki nafar fuqaro tomonidan behayo qiliqlar va so‘zlar orqali navoiylik xotin-qizlar sha’ni tilga olingan videolavhaga tarqaldi. Viloyat IIB tomonidan ushbu holatga rasmiy munosabat bildirildi.
"Xalqimiz azaldan ayollarni e’zozlab kelgan. Xotin-qizlarimizni hamda munis onajonlarning hurmati sha’ni va qadr qimmati har doim yuqorida bo‘lgan. Sal avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda betayin qiliqlar bilan ko‘pchilikning haqli e’tirozi va nafratiga sababchi bo‘lgan ikki yigit navoiylik qizlarning sha’nini bulg‘ashga uringan holati aks etgan videolavha tarqaldi. Holatni zudlik bilan Ichki ishlar boshqarmasi o‘z nazoratiga oldi hamda gumonlanuvchi yigitlarning shaxsiga oydinlik kiritishga kirishishdi. Qisqa fursatlarda olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur fuqarolar Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi Sunnat Tojiyev hamda Behruz Bekpo‘latov ekanligi aniqlandi. Holat 8-aprelda tungi soat 22:00 larda tasvirga olingan. Yigitlarning aytishicha, bu shunchaki hazil tariqasida olingan va ular qilgan ishidan chin dildan pushaymonligini bildirishib navoiylik barcha xotin qizlardan uzr so‘rashdi. Qaniydi birgina uzr bilan qilingan xatoni tuzatish imkoni bo‘lsa… Hozirda holat yuzasidan yig‘ilgan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudiga yuborilgan.
Xalqimizda “Bitta tirraqi buzoq butun podani buzadi" degan ibora bekorga aytilmagan. O‘zining bema’ni chiqishlari bilan viloyat aholisini haqorat qilishga uringan bu fuqarolarning ham opasi, singlisi va yoki turmush o‘rtog‘i ham mazkur jamiyat a’zolari ekanini his qilishdimikan? Nima bo‘lganda ham ularning bu harakati qonunda belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Sudning yakuniy xulosasi bo‘yicha keyinroq batafsil ma’lumot beramiz" deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.
Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.
Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.
Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.
Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси самарадорлигини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони қабул қилинди.
Аббас Арагчи Эрон ташқи ишлар вазири сифатида Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан билан телефон орқали суҳбатда АҚШнинг ҳаракатлари ва сўзлари ўртасида зиддият борлигини таъкидлади.