Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Saakashvilining shikoyatini rad etdi

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Saakashvilining shikoyatini rad etdi

Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHES) Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining unga qarshi o‘tkazilgan ikki jinoiy sud jarayonidagi qonunbuzarliklar haqidagi shikoyatini qanoatlantirmadi.

"Sobiq prezidentga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilishining adolatliligiga shubha qilish uchun hech qanday asos yo‘q", — deb yozadi IHES matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida.

Saakashvilining IHESga arizasi unga nisbatan qo‘yilgan ikkita jinoiy ish yuzasidan bo‘lgan. Birinchisi, 2005 yilda deputat Valeriy Gelashvilining shafqatsizlarcha kaltaklanishini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi, Saakashvili 2008 yilda qotillikda ayblangan Gruziya Ichki ishlar vazirligining to‘rt nafar yuqori martabali amaldoriga bergan amnistiya bilan bog‘liq. Ikki holatda Saakashvili 2018 yilda aybdor deb topilib, sirtdan mos ravishda olti va uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!