Ingliz tilida bo‘lmagan film ilk bor «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi

Ingliz tilida bo‘lmagan film ilk bor «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi

Bred Pitt «Bir kuni Gollivudda» filmidagi roli uchun «Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor» nominasiyasi bo‘yicha «Oskar» mukofotiga loyiq ko‘rildi, deb xabar beradi Meduza.

«Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa» nominasiyasi esa «Nikoh tarixi» filmidagi roli uchun Lora Dernga nasib etdi.

Eng yaxshi orginal ssenariy muallifi Pon Chjun Xo («Parazitlar» filmi), eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy muallifi esa Tayki Vaytiti («Quyon Jojo» filmi).

Shuningdek, «Qarama-qarshi tarafdagi deraza» kartinasi eng yaxshi qisqa metrajli film deya topildi. «O‘yinchoqlar tarixi 4» esa eng yaxshi animasion film uchun «Oskar»ga loyiq ko‘rildi. Joriy yilda «Amerikacha fabrika» — «Eng yaxshi hujjatli film», «Jangovar harakatlar zonasida skeytbordda uchishni o‘rganish (qiz bola bo‘lsang)» — «Eng yashi qisqa metrajli hujjatli film»ga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!