Indoneziyada 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi

Indoneziyada 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi

Indoneziya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Mulaboh shahridan 40 km janubi-g‘arbda joylashgan.

Er silkinishlari 49 km chuqurlikda qayd etilgan.

Zilzila natijasida qurbonlar yo‘q, sunami haqida ogohlantirish ham yo‘q.

Indoneziya meteorologiya, iqlimshunoslik va geofizika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila kuchi 6,4 ballni tashkil qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!