Imomning maniken qizi (4-qism)

A A A
Imomning maniken qizi (4-qism)

Hayot so‘qmoqlarida

Qur’ondan saboq olinganida...

Butun vujudi bilan Qur’ondan ibrat olishga intilar ekan, ruhi sal bo‘lsa ham yengil tortib, yuragida umid uyg‘ondi. Sabr qilishi kerak, axir qiziga juda go‘zal tarbiya bergan. Shunday og‘ir paytda Qur’ondan o‘git olayotgani yaxshi bo‘ldi. Yuragidagi olov tobora alanga olayotgan bo‘lsa ham, ancha tasalli oldi. Bu tasalli ham bo‘lmaganda nima qilgan bo‘lar edi?

Mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgancha unsiz yig‘lar ekan, yana o‘sha so‘zlar og‘zidan tushmas edi.

– Bolajonim, yo‘q, ularning tuzog‘iga tushma... Otangga rahming kelsin. Yuragim dosh berolmaydi, axir. Menga bu azoblarni ravo ko‘rma.

Haydovchi imomni bu ahvolda ko‘rib, uni qanday tinchlantirishni bilmas edi.

– Qizingizmi?

Yoqub imom ko‘z yoshlari ichida javob bera olmas edi. Sal turib zo‘rg‘a ming‘irlab dedi:

– Ha... Qizim.

Haydovchi xafa bo‘lib davom etdi:

– Sizni tushunib turibman. Hozir qaniydi, qizim bo‘lmasa edi deyotgandirsiz.

Yoqub imom ko‘z yoshlarini artib:

– Yo‘q, unday deb o‘ylaganim yo‘q. Yomon bo‘lsa ham u meni bolam. Bunday deyishga haqqim ham yo‘q. Menga farzand bo‘lishini men hal qilmaganman axir.

Oldindagi mashina Lolali mahallasiga kelgach, ko‘p qavatli uyning qarshisida to‘xtadi. Qizi mashina haydovchisi bilan qo‘l berib xayrlashgach, savdo rastalariga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.

Yoqub imom uyga qaytganida bir ahvolda edi. Kechgacha goh borib savdo qildi, gohi uyga kelib yotdi.

Bo‘lgan voqeani hatto ayoliga ham aytmadi. Qiziga aytib qo‘yishidan cho‘chidi. Yoqub imom esa bugun ko‘rganlarini qiziga bildirmay, uni oldingi holatiga qaytarish niyatida edi. Agar qizi otasining hamma narsadan xabardor ekanligini bilib qolsa, uydan qochib ketishi mumkin edi. Unda ham qizini yo‘qotar, ham dushmanlari g‘olib kelgan bo‘lar edi.

Kechki payt qizi kelganida qizi bilan gaplashib olishga turli yo‘llar qidira boshladi. Keyin tabassum bilan qiziga dedi:

– Kel qizim, bugun dasturxonni sen tuza. Farzandim tayyorlagan kechki ovqatni yeb bir maza qilay. Shunday degancha u qizining yuziga tikilib, uning xayollarini anglab olishga intilar edi.

Fotima otasining unga bunday chiroyli ohangda so‘zlashishidan mamnun bo‘lib, darrov rozi bo‘ldi. Demak, otasining hali hech narsadan xabari yo‘q.

– Xo‘p bo‘ladi, dada. Darrov tayyorlayman.

Yoqub imom esa unsiz yig‘ladi. Qizi mana necha oylar o‘tdiki, anchadan beri endi “dada” dedi.

Fotima shoshib-pishib dasturxon tuzay ketdi. U dadasining odatini yaxshi biladi. Xufton namozidan oldin ovqat yeyilishi sunnat hisoblanadi.

Usoma ham yetib keldi. Yoqub imom o‘g‘lini quchoqlab hol ahvolini so‘radi. U o‘g‘li bilan do‘st bo‘lishga qaror qilgandi. Dasturxon atrofiga to‘planishganida esa imom ichidagi dardu alamlarga qaramay, ko‘tarinki kayfiyatda ko‘rinishga intildi. Ayoliga qarab gapirardi-yu, lekin u gaplar aslida qiziga qaratilgan edi.

– Bugun savdo juda yaxshi bo‘ldi. Shu ketishda davom etsa, yaxshi bir joyga ko‘chib o‘tamiz. Qizimga bu yer yoqmadi. Nega endi farzandimning aytganini qilmas ekanman? Qizim eng go‘zal narsalarga loyiq-ku, shundaymi? Men qizim uchun ham, o‘g‘lim uchun ham kechani kecha kunduzni kunduz demay ishlayman.

Fotimaning yegani bo‘g‘zida tiqilib qolayozdi:

– Sal kech qolmadingizmikan, dada?

– Nega kech bo‘lar ekan? Zarar ishning qayeridan qaytilsa ham foydalidir. Faqat qaytishni bilish kerak.

Qiziga u “bu xato ishlaringdan qayt” deyotgandi. Yonayotgan ruhi bilan dedi:

– Bandamiz. Hammamiz xato qilamiz. Qanchadan qancha odamlar bor, oxirgi daqiqalarda xatolarini tushunib yetganlar. Aslida mening unchalik katta xatolarim yo‘q-ku, lekin sizlarning shikoyatlaringizga quloq solmaganim uchun, sizlarni qiynab qo‘yganim uchun o‘zimni aybdor hisoblayman. Men xatoimni tuzataman, chunki men o‘zimga oid xatolarni tuzatishga javobgarman, siz ham o‘zlaringizga oidlarini tuzatishga mas’ulsiz.

Bu gaplardan so‘ng jimjitlik hukm sura boshladi. Yoqub imom asta bildirmay Fotimani kuzatar, “qizim bu gaplarimdan o‘ziga biror xulosa chiqarib oldimikin?” deb o‘ylardi. Qaniydi, qizining qalbida zarracha pushaymonlik hissi bor yo‘qligini bilolsaydi... Uni qutqarish umidi ortar edi.

Biroq qizi hecham sir boy bermas edi.

– Umuman to‘g‘ri yo‘ldan ozgan bo‘lsa-chi?

Yoqub imom bu savolni eshitib ko‘ngli ko‘tarildi. Demak, qizi o‘zini yo‘ldan adashgan hisoblar, “bu yo‘ldan qutula olamanmikin?” deb o‘ylayotgan edi. Shuning uchun u ehtiyot bo‘lib va ma’noli gapirishi kerak edi.

– Adashsa-yu, aqlini yig‘ib olib, to‘g‘ri yo‘lga qaytsa, o‘zini qutqara olgan bo‘ladi. Tunov kuni gazetada o‘qib qoldim. Bir kishi o‘zini “Bo‘g‘oz” ko‘prigidan tashlabdi. Dengiz tomon sho‘ng‘ir ekan, o‘z joniga qasd qilib noto‘g‘ri qilayotganini tushunib yetibdi. Yuqoridan sakraganda suv qattiqlashar ekan-ku, buni bilgani uchun yigit suvga yaqinlashib qolganda havoda bir o‘mbaloq oshib, keyin o‘zini suvga otgani uchun hatto burni ham qonamay sog‘-omon qolibdi. Buni qarang-ki, pushaymonlik kechroq bo‘lsa ham o‘z foydasini ko‘rsatar ekan.

– Umuman yo‘ldan ozganlar uchun vaziyat qanday bo‘ladi?

– Agar o‘sha yo‘lda qolib ketsa, narigi dunyoga shu tarzda ketadi. Lekin o‘lim kelmay, o‘zini qutqara olishi ham mumkin.

Yoqub imomning qalbida necha oydan beri endi og‘zini ochgan qizining gaplaridan ancha umid uyg‘ondi. Bo‘ldi, agar qizi yo‘ldan adashgan bo‘lsa ham, qizi xatolarini tushunib yetadigan bo‘lsa, uni kechirar va uning xatolarini hech ham yuziga solmas edi.

Taomdan keyin qalbidagi umid nurlari ila masjidga tushdi.

Oradan kunlar o‘tdi.

G‘am va umid orasida yashayotgan edi Yoqub imom. Bir kuni kechki payt do‘sti Ahmad uni chaqirganini eshitib pastga tushdi.

– Tinchlikmi Ahmad? Nimadir bo‘ldimi?

Ahmad juda g‘amgin va parishon holda edi. Yoqub imom zinalardan shoshib tushar ekan, so‘radi?

– Nima bo‘ldi? Kimdir o‘lib qolibdimi?

Ahmad uning ko‘zlariga alam bilan qaradi:

– Sening uchun o‘lim bilan barobardir, do‘stim.

– Nima bo‘ldi, tezroq gapir, bo‘lmasa yuragim to‘xtab qoladi.

Ahmad bo‘lsa endi yig‘lay boshlagan edi.

– So‘rama do‘stim. O‘zimning farishta imomim... Senga noxush xabarim bor...

– Qanaqa xabar?

– Qanday aytishni ham bilmayman. Aslida bu gapni senga aytish juda og‘ir, lekin aytishga majburman.

Yoqub imom birdan qizining uyda emasligini esladi.

– Nima-a-a, qizim o‘ldimi?

– Aytadigan gapim, o‘limdan ham mudhish. Bu gapni eshitgandan ko‘ra qizingning o‘lishini afzal ko‘rar eding.

Yoqub imom gap nima haqda ekanligini angladi. Demak, u qizini ochiq sochiq yoki biror yigit bilan ko‘ribdi.

– Yo‘q, qizim nima qilgan taqdirda ham, uni qanday holda ko‘rgan bo‘lsang ham, meni o‘limichalik yondirmaydi. Qaytaga, shu ahvolida dunyodan o‘tishi meni ko‘proq ezadi. Chunki hali umid bor, chiqmagan jondan umid. Qizimni qayerda va qanday holda ko‘rding Ahmad?

– Sen uchun eng alamlisi o‘lim ekan, unda ayta qolay. Bugun qizingni mini yubkada ko‘rdim. Ro‘molini yechgan, bo‘yangan. Ko‘rsang taniy olmaysan.

– Bilaman.

– Nima? Bilasanmi?

– Ha, Ahmad bilaman. Uni kuzatib borgandim. Yo‘lda ro‘molini yechib oldi. Ro‘molini yechgandan keyin, agar ixlosi bo‘lmasa, mini yubka ham kiyadi. Xo‘sh, sening ko‘rganingni bildimi?

– Bildi. “Dadamga aytmang” – deb rosa yolvordi. Lekin men qanday qilib aytmay, axir bu senga xiyonat bo‘lar edi-ku.

Yoqub imom yana yig‘lay boshladi.

– Eshitishimni xohlamaganidan, demak, hali umid bor. Iltimos, menga aytganingni bilmasin va uni o‘sha ahvolda ko‘rganingni ham hech kim bilmasin.

– Albatta, hech kimga aytmayman, do‘stim. Odamlar bilsa nima deydi axir, aslo aytmayman.

Yoqub imom yoshli ko‘zlarini do‘stiga tikib:

– Yo‘q, men odamlarni emas, qizimni o‘ylayapman. Uning ro‘molini yechib, kundan kunga yo‘ldan ozayotganini bilishsa, qizimni to‘g‘ri yo‘lga solish umidim qolmaydi.

Ahmad do‘stining sabru irodasiga hayron qolgan edi. Bu qanday ota bo‘ldi. Umrida hech qachon bunday otani ko‘rmagan edi. Ular ikkalalari ham masjid tashqarisida tik oyoqda turishar edi. Yoqub imom masjidning o‘rtaroq qismi tomon yura boshladi.

– Ahmad, endi sen boraqol, qizim bizni ko‘rib qolsa darrov sezib qoladi.

– Xo‘p bo‘ladi, lekin bu yog‘iga nima qilmoqchisan?

– Avvalam bor, savdo ishim yaxshi ketsa, boshqa joyga ko‘chib o‘tamiz. Qizimning qo‘liga ko‘proq pul beraman, ishdan bo‘shatib olaman. Bular balki choramasdir, lekin hozir boshqa qanday yo‘l tutishni ham bilmayman. U hali nomusini yo‘qotib bo‘lganicha yo‘q, balki o‘ziga kelib qolar, deb harakat qilyapman.

– Sabru matonatingga hayron qoldim. Alloh o‘zi quvvat bersin.

– Sog‘ bo‘l, Ahmad. Ba’zan o‘zim xato qilyapmanmi, deb o‘ylab qolaman. Bir gap bor-ku “o‘liklar tiriklarni holva yeyapti deb o‘ylar ekanlar” – degan. Shunga o‘xshab, odamlar o‘ylaydiki, imomlarning hecham g‘ami bo‘lmaydi, xato qilmaydi, deb. Ular bizga, biz ularga boshqa boshqa dunyolardan qaraymiz. Hozirgi gaplaring menga quvvat bag‘ishladi, kayfiyatimni ko‘tardi. Demak, to‘g‘ri yo‘lda ekanman. Alloh foydali gaplarni gapiradiganlarni sevadi. Qani endi boraqol, mashhur shoir aytganidek, “endi men yolg‘iz yig‘layin”.

* * *

Kunlar shu tarzda o‘tib bordi. Yoqub imom hech qanday chora topa olmayotgan edi. Ertalab tong sahardan yana aravasining boshida xaridor poylar ekan, boshqa tarafdan hali ham qizini o‘ylab yum-yum yig‘lardi-yu, ko‘z yoshlarini ichiga yutar edi.

Birdan do‘sti Ahmadning kelganini payqab qoldi. Biroz suhbatlashganlaridan so‘ng o‘y xayollari bilan o‘rtoqlashdi:

– Allohga shukur, do‘stim. Garov pulini ham yig‘ib qo‘ydim. Tavba, ba’zi uy egalari Allohdan qo‘rqishmaydi ham. Garovga tilla beraman desam, olmayaptiyam. Men u uydan ketayotganimda garov pulining hech qanday qiymati qolmas yoki elektr haqini to‘lab qo‘yishim kerakmish. Ha, shunaqa ekan, tillani olaqol. Mayli, shu pulidan qutulib olsam, keyin tilla oladigan biror boshqa uy qidiraman.

– Topolmasangchi?

– Topgunimcha qidiraman. O‘z prinsiplarimdan voz kecholmayman.

– Hamma senday bo‘lganda-ku, uy egalari bunchalik adolatsizlik qilmas edi. “Nima qilay qancha million so‘mlarni shu yerga sarfladim, olayotgan kira xaqqim o‘sha sarf-xarajatlarimni qoplamayapti-ku” – deyishadi.

– Yo‘q, ular noto‘g‘ri fikrlashyapti. Tikkan pullari faqat kira haqqidan kelmaydi-ku, mulkining qiymati ham yil sayin oshyapti. Bir milliardlik yer sakkiz milliardga ko‘tariladi-yu, u bo‘lsa nuqul kira haqqini hisoblaydi.

– To‘g‘ri aytasan. Men ham bittasiga shu gapni aytsam, “sen mulkimning hisob-kitobini qilyapsanmi?” – dedi.

Yoqub imom o‘ychan holda:

– Nimadir qilishimiz kerak, dedi.

Ahmad ham imomga ma’noli qarab qo‘yib:

– To‘g‘ri aytasan, nimadir qilish kerak, deya javob berdi-yu, so‘ng mavzuni o‘zgartirish niyatida “Xo‘sh, o‘zingda boshqa nima gaplar?” – deb so‘radi.

Ahmad Yoqub imomni biror boshqa mavzuda gap ochadi deb o‘ylagan edi. Lekin imomning fikr-u xayolida birgina o‘y edi:

– Hammasi o‘sha o‘sha. Kundan kun qizimni yo‘qotib boryapman. Lekin qo‘limdan hech narsa kelmayapti.

– Tavba, Fotima dinidan voz kechdimikana?

– Yo‘q, do‘stim. Qizim dinsiz emas, lekin u dinini sevmaydi. Allohga ham, Qur’onga ham ishonadi. Lekin unga go‘zal ko‘rinayotgan dunyoning haqiqiy yuzini ko‘rmagani uchun diniy hukmlarni yoqtirmaydi. Dinsiz bo‘lishni istamaydi-yu, baribir o‘zini dinsiz hayotga otadi. Noto‘g‘ri ta’lim berdik, do‘stim. Xato qildik. Din o‘rgatyapmiz deb, savob yoki gunohlardan so‘z ochdik. Makruh mubohlarni esa chetlab o‘tdik. Oq yoki qorani o‘rgatdik, qolgan ranglarni berkitdik. Bolani har tarafdan siqdik. Kulsa ham, yig‘lasa ham aybdor sanadik. Boshqalar esa Allohning diniga zid ravishda unga rangin dunyoni ko‘rsatdi.

Bir muddat nima deyishini bilmay, so‘ngra yana davom etdi:

– Nimalarnidir xato tushuntirdik, xato qildik. O‘zgalar bolalarining dardi bilan yonibman-u, o‘z bolamni unutibman. U ham endi o‘shalardan foydalanyapti.

– Nega aybni doim o‘zingga to‘nkaysan? Nima hamma ayb sendami? Qizing aybsizmi? O‘zingni bunchalik qiynama. “O‘zgalar haqqini yeyish haqsizlik-da, o‘z haqqiga xiyonat adolatsizlik emasmi? Inson o‘z qadrini ham bilishi kerak” – degan sen emasmiding? Qizing senday otaning qadriga yetmay, o‘zidan ketyapti.

– Men axir uni aybsiz demadim-ku. Shunday yo‘l topishim kerakki, u ham men ham xatoimizni tushunib yetaylik.

– Lekin, Nuh alayhissalomning ham farzandi dinsiz edi. U nima otasining xatosi sababli dinsiz bo‘libdimi? Yo‘q, ba’zi farzandlar kattalarning xatosini qurol qilib olib imonsizlik qilishyapti. Sen o‘zingni bunchalik azoblama.

– Gaplaring to‘g‘ri, lekin mening qizim dinsiz emas. Dinsiz bo‘lishni xohlamaydi ham. Bolamning dardi boshqa dedim-ku. Muhit ham bolamga ancha ta’sirini ko‘rsatdi. Men ham Islomni boricha singdira olmadim, shekilli. Nimadir bo‘ldi-da... Alloh yordamching bo‘lsin, Ahmad. Boshqa nima ham deya olardim.

– Xafa bo‘lma-ku. Juda sergapsan-da. O‘rningda bo‘lganimda shunaqangi dodini berib kaltaklar edim-ki, o‘zini kasalxonada ko‘rar edi. Yo‘qol, qayerga borsang, bor. Meni sharmanda qilishga nima haqqing bor, derdim.

Yoqub imom ko‘zlari to‘la yosh bilan javob berdi:

– Sen oson yo‘lni tanlagan bo‘lsang, men nima qilay? Nima qilayotgan bo‘lsam ham, bolam meni sharmanda qilgani uchun emas, uni to‘g‘ri yo‘lga solish uchun harakat qilyapman. Sen o‘z oringni o‘ylayapsan. Men borib dinimni boshidan o‘rganamanu, qayerida xato qilganimni topaman.

Chuqur nafas oldi-yu, yig‘lamsiragan ohangda gapini davom ettirdi:

– Albatta ungacha bolamdan asar qolsa va men hayot bo‘lsam...

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Rossiya yaqinlashmoqda

DeepState таҳлилий ресурсининг янгиланган маълумотларига кўра, Россия қўшинлари Донецк вилоятининг бир қатор ҳудудларида олдинга силжиган.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

«U mening ketimni o‘pishga majbur bo‘lishini o‘ylamagan edi» — Tramp Saudiya shahzodasi haqida

АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони валиаҳд шаҳзодаси Муҳаммад бин Салмон ҳақида гапирди.

Eron hammani va hamma narsani bombardimon qilmoqda

Эрон ОАВларининг хабарларига кўра, Баҳрайндаги Америка объектлари ва базаларида 8 тадан ортиқ кучли портлашлар юз берган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron Isroilga eng yirik raketa hujumini amalga oshirdi

Бу ҳақда Исроил Мудофаа Кучлари матбуот котиби идораси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Tramp Makronning rafiqasi bilan munosabatlari haqida hazil qildi

Оқ уйдаги тадбирда Америка етакчиси Франция етакчисининг рафиқаси унга ёмон муносабатда бўлиши ҳақида ҳазиллашди.

"AQSh Isroilning qo‘g‘irchog‘i sifatida Tehronga qarshi urushga kirdi"

Қўшма Штатларнинг Эрон инфратузилмасига ҳужумлари Эрон халқига қарши қаратилган ва ҳарбий жиноят ҳисобланади

"NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida AQShga yordam berishga majbur emas"

Унинг сўзларига кўра, Франция Ҳўрмуз бўғози орқали кемалар ҳаракатини тиклаш бўйича ишлаш тарафдори, аммо бу ҳужумкор тарзда бўлмаслиги керак.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.

Xitoy va Pokistondan tashabbus: Eron atrofidagi urushni to‘xtatish rejasi taklif etildi

Хитой ва Покистон Эрон атрофидаги можарони бартараф этиш мақсадида қўшма тинчлик ташаббусини илгари сурди.

Tramp Eron sulh so‘raganini aytdi. Tehron javob qaytardi

АҚШ президенти Доналд Трамп бугун Теҳрон Вашингтондан сулҳ сўраганини эълон қилди.

Trampning bayonoti: Eron hech qachon yadroviy qurolga ega bo‘lmaydi

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ядровий қуролга эга бўлмаслигини қатъий таъкидлади.

Mirshaymerning keskin bayonoti: «Tramp va Netanyaxu Nyurnbergda osilgan bo‘lar edi»

Агар Нюрнберг суд жараёнлари бугун ўтказилганида, АҚШ президенти Дональд Трамп ва Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяху қатл этилган бўлар эди.

Evropadan tanqid: Zelenskiy mablag‘larni juda tez sarflamoqdami?

Европа Иттифоқи доирасида Украинага ажратилаётган маблағлар юзасидан танқидлар янграмоқда.