Immunolog: “Vaksina borasida shoshilish yaramaydi!”

Immunolog: “Vaksina borasida shoshilish yaramaydi!”

Isroilning yetakchi immunologi, professor Yakov Berkun COVID-19  vaksinasidan ommaviy ravishda  foydalanish xavfini izohladi.

“Zamonaviy texnologiyalar vaqtni qisqartirishi mumkin, ammo qaysi vaksinaning samarali ekanligini tushunish uchun baribir ancha vaqt kerak bo‘ladi, shuningdek, uning istalmagan oqibatlarga olib kelmasligiga ishonch hosil qilish kerak... Hozir hamma shoshmoqda, ammo bundan keyin nima bo‘lishini bilish juda muhim. Masalan, Isroilda birinchi bo‘lib qo‘llanila boshlangan dorilarning biri ich ketishiga olib kelganligi aniqlandi. Eng yomoni, tadqiqotlar allaqachon tugab, odamlarga ushbu dori-darmonlar bera boshlangan, keyin esa ushbu vaksinani ishlab chiqarishdan olib tashlashga to‘g‘ri kelgan edi”, - deydi mutaxassis.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!