Ilon Mask Starship raketasining Marsga qachon uchirilishini aytdi

Ilon Mask Starship raketasining Marsga qachon uchirilishini aytdi

Ilon Maskning aytishicha, Starship 5 yil ichida Marsga uchuvchisiz parvozni amalga oshirishi mumkin.

Amerikaning SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Starship raketasining Marsga uchirilish vaqtini ma’lum qildi. Bu haqda Financial Times’ga tayanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kosmik kema 3-5 yil ichida Marsga uchuvchisiz parvozni amalga oshirishi mumkin. «O‘ylaymanki, agar u muvaffaqiyatli bo‘lsa, biz o‘n yillik oxirigacha Marsga ekipajli missiyani jo‘natishimiz mumkin», dedi u.

Maskning so‘zlariga ko‘ra, Marsga parvozlar uchun «eshiklar» har ikki yilda ochiladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Yer orbitasidan Mars orbitasiga parvoz qilish uchun sayyoralarning kerakli pozisiyasi har 26 oyda bir marta o‘rnatiladi.

«Umid qilamanki, biz bu yozda, keyingi ikki yoki uch oy ichida birinchi [Starship] urinishimizni amalga oshiramiz», dedi u.

Avvalroq, Ilon Mask Starship ko‘p marta foydalaniladigan transport tizimining orbital parvozi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan oyni nomlagan edi. «Keyingi oyga qadar biz 39 ta parvozga tayyor dvigatelni tugatamiz, keyin ularni amalga oshirish uchun yana bir oy kerak bo‘ladi, shuning uchun may oyida orbital parvozga umid qilaman», dedi tadbirkor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!