Ilon Mask "Manchester Yunayted"ni sotib olish niyatida ekanligini ma’lum qildi
Amerikalik milliarder va Tesla Motors bosh direktori Ilon Mask Twitter'da yangi postini e’lon qildi.
"Men sizga rostini aytmoqchiman, men Respublikachilar partiyasining chap yarmini va Demokratik partiyaning o‘ng yarmini qo‘llab-quvvatlayman! Shuningdek, men “Manchester Yunayted”ni sotib olmoqchiman, xush kelibsiz!”, deb yozdi Mask Twitter'da.
“Manchester Yunayted” hozirda amerikalik biznesmen Malkolm Gleyzerga tegishli bo‘lib, u klubning 75 foiz aksiyalariga egalik qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)