"Ikki qishloq aholisi emas, ikki korxona vakillari"

"Ikki qishloq aholisi emas, ikki korxona vakillari"

Dehqonobodda yuz bergan janjalga oydinlik kiritildi.

Bir muddat avval Qashqadaryoda ikki qishloq aholisi o‘rtasida janjal yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi.

Ayni damda hokimlik sodir bo‘lgan bu hodisaga aniqlik kiritmoqda.

Qayd etilishicha, janjal ikki qishloq aholisi o‘rtasida emas, ikki korxona vakillari orasida sodir bo‘lgan.

“Nargiz-Sarvar” xususiy korxonasi ishchisi va Dehqonobod kavrakchilik klasteri xodimi o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Janjalga kovrak shirasini yig‘ib olish bo‘yicha berilgan kvotadagi anglashilmovchilik sabab bo‘lgani aytiladi.

"Mazkur holat tuman IIB tomonidan o‘rganilib, qonuniy to‘xtamga kelish uchun dastlabki tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda",-demoqda Dehqonobod tumani hokimligi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda holat Ekologiya qo‘mitasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi va tuman bo‘limi, tuman hokimligi, tuman prokuratura, adliya, tuman IIB, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi, tuman mehnat va bandlik bo‘limi, kadastr palatasining tuman filiali mas’ullari ishtirokida o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!