Ikki nafar o‘zbekistonlik Arizona universitetini oltin medal bilan tamomladi

Ikki nafar o‘zbekistonlik Arizona universitetini oltin medal bilan tamomladi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari Abdulaziz Vaxabov va Samandar Erkinov Arizona universiteti (AQSh) eng sara bitiruvchilari qatoridan joy olib, akademik yutuqlari uchun oltin medallar bilan taqdirlandi.

Abdulaziz Vaxabov universitetni “Honors degree” bilan tugatib, oliy o‘quv yurtining eng yuqori akademik mukofoti — “qizil diplom”ga teng keladigan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bitirish marosimida sahnadan uning minnatdorchilik so‘zlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaati yangradi.

Eller College of Management bitiruvchisi Samandar Erkinov “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha Economics Outstanding Senior — yilning eng yaxshi bitiruvchisi unvoniga sazovor bo‘ldi. U o‘z sohasi bo‘yicha joriy yilda topshirilgan yagona medalni qo‘lga kiritdi va mehmonlarni o‘zbek tilida qutlab, nutq so‘zladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳир” ўз майдонида “Касимпаша” клубини қабул қилиб, 1:1 ҳисобида дуранг ўйнади.