IIBB: "Toshkentda o‘smirlar orasida paydo bo‘lgan “Vorovskaya jizn” haqidagi xabar tasdig‘ini topmadi"

IIBB: "Toshkentda o‘smirlar orasida paydo bo‘lgan “Vorovskaya jizn” haqidagi xabar tasdig‘ini topmadi"

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida 1970 – 1980-yillarda SSSR hududida paydo bo‘lgan “Vorovskaya jizn” o‘yini harakatini eslatuvchi suratlarning tarqalishi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib bordi.

Ijtimoiy tarmoq va internet nashrlarida bu o‘yin Toshkent shahridagi maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari – o‘smirlar orasida shiddat bilan ommalashayotgani, ayni kunlarda “Chilanzarskiye” va “Yunusabadskiye” yirik to‘dalari shakllangani aytilgan edi.

IIBB xodimlari ijtimoiy tarmoqlarda “Vorovskaya jizn” deb nomlangan surat joylagan o‘smirlar va ularning ota-onalari bilan suhbat olib borgan. Suhbat davomida yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining xatti-harakatlarini jinoyat olami haqidagi filmlarni tomosha qilish orqali yuzaga kelgan qiziqish va o‘smirlikda bo‘ladigan o‘zboshimchalik, sho‘xlik deb izohlagan. Ular chizilgan surat hatto qanday ma’no anglatishini ham bilmagan. Chilonzor va Olmazor tumanlaridagi “bezori to‘da” a’zolari esa bir-birini tanimasligi ma’lum bo‘lgan.

O‘smirlarning ota-onalari bilan olib borilgan suhbatda ular farzandlari qanday filmlar tomosha qilib, nimalar bilan mashg‘ul bo‘layotganidan bexabar qolib xato qilganliklarini tan olgan. Ammo farzandlarining xulq-atvorida guruhbozlikka xos jihatlar yo‘qligini aytishgan.

Hozir IIBB tomonidan tarmoqlarda o‘z tengdoshi bilan janjal (“razbor”) uyushtirgan qizlarning videosi va ularning shaxsini aniqlash bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda. Taxmin qilinishicha, ushbu video O‘zbekistonda emas, boshqa davlatda tasvirga olingan.

Ma’lumot uchun: avvalroq "Facebook" ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilaridan biri Uchtepa tumani Shirin ko‘chasi 7-uy yo‘laklaridan birida guruh ramzi ifodalangan surat qoldirilgani haqida xabar bergan va IIBB bu bo‘yicha surishtiruv-tekshiruv ishlari olib borishini ma’lum qilgan edi.

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!