IIBB Toshkentda paydo bo‘lgan «Vorovskaya jizn» o‘yini bo‘yicha rasmiy xabar berdi (foto)

IIBB Toshkentda paydo bo‘lgan «Vorovskaya jizn» o‘yini bo‘yicha rasmiy xabar berdi (foto)

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlarida Toshkentda o‘smirlar orasida o‘tgan asrning 70-80 yillarida sobiq SSSR hududida harakatda bo‘lgan jinoiy to‘dalarni eslatuvchi «Vorovskaya jizn» o‘yini paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqatilgandi.

Unda bu o‘yin Toshkent shahrida maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari – o‘smirlar orasida shiddat bilan ommalashayotgani, ayni kunlarda “Chilanzarskiye” va “Yunusabadskiye” yirik to‘dalari shakllangani aytiladi. Ular o‘z imiji, stili va so‘zlashuv tili - “jargon”iga ega. “Vorovskaya zvezda” gerbi ochiqdan ochiq poytaxt ko‘chalarida paydo bo‘la boshlagan. 

Tarmoqlarda joylashtirilgan videoda o‘smir qizlar tengdoshlari bilan janjal uyushtirgani tasvirlangan. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, mazkur holat bo‘yicha tekshiruv boshlangan. 

Ayni vaqtda videotasvir va fotosuratlari tarqalgan ishtirokchilarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda. 

Uchtepa tumani Shirin ko‘chasi, 7-uy pod’ezdlarining birida guruh ramzi ifodalangan suratni kim qoldirilgani va bu xatti-harakatlarga undagan barcha sabablar o‘rganiladi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!