Ichida 35 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus jarlikka quladi (VIDEO)

Ichida 35 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus jarlikka quladi (VIDEO)

Meksika poytaxtining g‘arbiy qismida joylashgan Kuahimalpa tumanida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus jarlikka qulab tushdi. Bu haqda 5 iyun, shanba kuni "Milenio" gazetasi shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga asoslanib xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus bortida 35 kishi bo‘lgan, ulardan 19 nafari jarohat olgan. Shu bilan birga, ikki jabrdiyda kasalxonaga yotqizilgan.



Qayd etilishicha, avtobus jarlik tomon yurib, bir necha o‘n metrlarni bosib o‘tib, daraxtlar ustiga qulagan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda, favqulodda vaziyatlar xizmatlari voqea joyida ish olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!