Hokimlar Kengash oldida, xalq oldida hisobdor bo‘lgan tizim joriy etiladi

Hokimlar Kengash oldida, xalq oldida hisobdor bo‘lgan tizim joriy etiladi

“Tashkent city"dagi "Congress Hall" majmuasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining o‘n birinchi s’ezdi bo‘lib o‘tdi.

O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan ma’ruza qildi.

Qayd etilganidek, partiyalar rolini oshirish, ular o‘z kuchi va imkoniyatlarini amalda namoyon etishi uchun aralash, ya’ni majoritar – proporsional saylov tizimi joriy etiladi.

Buning ma’nosi shuki, endi fuqarolar Qonunchilik palatasidagi 150 ta deputatlik o‘rnining 75 tasi bo‘yicha aniq bir nomzodni saylasa, qolgan 75 tasi bo‘yicha siyosiy partiyaga ovoz beradi. Bunday tizimda bironta saylovchining ovozi e’tibordan chetda qolmaydi.

Mahalliy kengash xalqning chinakam ovoziga aylanishi uchun hokimning Kengashga rahbarlik vakolati bekor qilinmoqda. Endi hokimlar Kengash oldida, xalq oldida hisobdor bo‘lgan tizim joriy etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!