Hindistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Hindistonda kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Juma kuni kechki payt Hindistonda 6,1 balli zilzila sodir bo‘ldi, yer silkinishi ta’siri mamlakat poytaxti Nyu-Dehlida ham sezilgan.

Milliy seysmologiya markazining ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Amritsar shahri yaqinida, 10 km chuqurlikda qayd etilgan.

Zilzila bir necha daqiqa davom etgan. Hozircha qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!