Hindiston va Koreyada qolib ketgan yurtdoshlarimiz qaytarildi

Hindiston va Koreyada qolib ketgan yurtdoshlarimiz qaytarildi

"O‘zbekiston havo yo‘llari"ning ikkita Boing samolyoti koronavirus pandemiyasi tufayli sababli Janubiy Koreya va Hindistonda qolib ketgan 390 nafar o‘zbekistonlikni olib keldi. Bu haqda "Praym" agentligi O‘zbekiston hukumati huzuridagi tezkor shtabga tayanib xabar berdi.

"Bugun "O‘zbekiston havo yo‘llari" Seul va Dehlidan Toshkentga maxsus charter reyslarini amalga oshirdi, ularda jami 390 nafar O‘zbekiston fuqarolari qaytishdi", - dedi aviakompaniya vakili.

10 may kuni Toshkent - Seul - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan charter reysida odamlar bilan bir qatorda O‘zbekistonga gumanitar yordam – qariyb 192 ming dollarlik tibbiy buyumlar: avtomat mexanizmli krovatlar, antiseptik va dezinfeksiyalash vositalari, ko‘p funksiyali tibbiy ko‘rpa, immunitetni mustahkamlash uchun niqoblar, ozuqaviy qo‘shimchalar olib kelindi.

O‘sha samolyotda 40 dan ortiq odam O‘zbekistondan Seulga olib borilgan. Yonhap xabariga ko‘ra, 10 may kuni Inchxon aeroportiga Janubiy Koreyaning 34 fuqarosi, shuningdek, 9 nafar chet el fuqarosi, jumladan AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya va Fransiya fuqarolari ham kelgan.

9 may kuni 150 nafar O‘zbekiston fuqarolari Minskdan Toshkentga maxsus charter reysi bilan kelishdi, 8 may kuni BAAda qolgan o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun charter reysi tashkil etildi. Barcha yo‘lovchilar respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda 14 kunlik karantinga joylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!