Hindiston TIV: AQSh 487 nafar hindistonlik muhojirni deportasiya qiladi

AQSh hukumati Hindistonni 487 nafar ehtimoliy hindistonlik fuqaro haqida ogohlantirdi, ularga nisbatan deportasiya qarori qabul qilingan. Bu haqda Hindiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
«Bizga 487 nafar hindistonlik fuqaroga nisbatan deportasiya qarori qabul qilingani haqida ma’lum qilindi» – dedi Hindiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vikram Misri.
5 fevral kuni The New York Times nashri AQSh Mudofaa vazirligiga tayanib, Hindistonning Amritsar shahriga AQSh harbiy samolyoti yetib kelgani haqida xabar berdi. Samolyot bortida noqonuniy hindistonlik muhojirlar bo‘lib, ular AQSh prezidenti Donald Trampning noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborish bo‘yicha kampaniyasi doirasida deportasiya qilingan.
Donald Tramp prezidentlikka kelganidan so‘ng, avvaldan va’da qilgan «muhojirlarni deportasiya qilish operasiyasi»ni amalga oshira boshladi. 21 yanvar kuni AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati noqonuniy muhojirlarni qo‘lga olish ishlarini boshladi. Birinchi deportasiya to‘lqiniga Hindistondan bo‘lgan muhojirlar ham kirdi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 5 fevral kuni Amritsar shahriga kelgan AQSh harbiy samolyoti bortida 100 dan 205 nafargacha odam bo‘lishi mumkin.