Hindiston Armanistonga mudofaa jihozlarining asosiy yetkazib beruvchisiga aylanmoqda

Hindiston Armanistonga mudofaa jihozlarining asosiy yetkazib beruvchisiga aylanmoqda

Hindistonning Bharat Forge kompaniyasi MArG 155 o‘ziyurar gaubisalarini yetkazib berish rejalarini tasdiqladi, deya xabar bermoqda IDRW (Indian Defence Research Wing).

Nashrning qayd etishicha, Hindiston Armanistonga mudofaa jihozlarining asosiy yetkazib beruvchisiga aylanmoqda. Xususan, 2020 yilda Armaniston Hindistondan to‘rtta "Svati" mobil radar qurilmasini sotib olgani, 2022 yil sentyabrida esa "Pinaka" ko‘p uchiruvchi raketa majmualari, tankga qarshi raketalar va turli o‘q-dorilarni xarid qilish bo‘yicha 245 million dollarlik shartnoma imzolangani ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!