— Oilam notinch bo‘lgani sabab, menga himoya orderi berilgan edi. Himoya orderi talabiga rioya kilmaganligi sababli erim javobgarlikka tortildi, ammo foydasi bo‘lmayapti. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish mumkinmi? Buning uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Ismi sir tutildi
Xurshid Sodiqov, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi:
— “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni amalga kiritildi.
Ushbu qonunda bugungi kunda huquqni qo‘llash amaliyotida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bilan bog‘liq masalalarda bir qator muammolar mavjudligi, xususan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxsga davlat himoyasini taqdim etuvchi orderning amal qilish muddati (30 kun) xotin-qizlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari yetarli darajada himoya qilinishini ta’minlash imkonini bermaganligi sabab sifatida bayon qilingan.
Qabul qilingan qonun bilan esa endilikda ayollarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya orderi muddati bir yilgacha jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan uzaytirilishi belgilab qo‘yildi.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma bo‘yicha to‘plangan material sudga kelib tushgan vaqtdan e’tiboran 24 soat ichida yopiq sud majlisida jabrlanuvchi hamda zo‘ravonlik sodir etgan yoxud shunga moyil bo‘lgan shaxs hozirligida ko‘rib chiqiladi, sudya ish materiallari bilan tanishib chiqib, ish yakuni bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va ichki ishlar organlari tomonidan darhol ijro etiladi.
Muddatlarning bir yilgacha belgilanishi ayollarimizga yetarli darajada psixologik, ijtimoiy, huquqiy yordam berilishi va ish bilan ta’minlanishiga xizmat qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.