Haydovchilik guvohnomalari olish uchun imtihon IIVdan xususiy sektorga berilishi mumkin

Haydovchilik guvohnomalari olish uchun imtihon IIVdan xususiy sektorga berilishi mumkin

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi. 

"Haydovchilik guvohnomalari olish uchun imtixon olish IIVdan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari A.Ikramovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida bergan axborotida bu haqida aytib o‘tildi.

Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, hujjat loyihasiga ko‘ra, imtihon olishga moslashgan avtodromlar va imtihon olish tizimi to‘liq xususiy sektorga beriladi va IIV buni monitoring qilib boradi.

Bu jarayon 2021 yil davomida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Umid qilamizki, bu haydovchilik mas’uliyatini oshirib, yo‘llarimizda madaniyatli haydovchilar ko‘payishiga xizmat qiladi" deb yozadi u o‘zining telegram kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!