Harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Harbiy xizmatga jo‘natishni va’da qilgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro U.T. fuqaro K.N.ni harbiy xizmatga jo‘natish hamda shartnoma asosida harbiy xizmatda qolish masalasini harbiy xizmatda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 3 500 AQSh dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan U.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!