Harbiy muxbir oyoqsiz jasur falastinlik sabab mashhurlikka erishdi

Harbiy muxbir oyoqsiz jasur falastinlik sabab mashhurlikka erishdi

G‘azo sektoridagi “Buyuk qaytish yurishi” ishtirokchisining fotosurati Fransiyada o‘tkazilgan Bayeux Calvados-Normandy Award – harbiy muxbirlar o‘rtasidagi nufuzli tanlovning bosh mukofotini qo‘lga kiritdi.

G‘azo sektoridagi “Buyuk qaytish yurishi” ishtirokchisining fotosurati Fransiyada o‘tkazilgan Bayeux Calvados-Normandy Award – harbiy muxbirlar o‘rtasidagi nufuzli tanlovning bosh mukofotini qo‘lga kiritdi.

Tarixga aylangan suratda oyoqlari kesilgan nogironlar aravachasidagi falastinlik tasvirlangan. Jasur kishi qamaldagi falastinliklar va namoyishchilarga o‘q uzayotgan Isroil qo‘shinlariga qarata tosh otayapti. “G‘azo chegarasidagi to‘qnashuv” surati muallifi 38 yoshli Frans-Press (AFP) agentligidan Maxmud Xamsdir. Kadr shu yilning 11 mayida fotomuxbir tomonidan olingan edi. Kuzatuvchilarning ta’kidlashicha, Xams bu suratni olish uchun hayotini xavf ostiga qo‘ydi. Suratga berilgan izohda shunday deyiladi: “Falastinlik Saber al-Ashkar, 29 yoshda, G‘azo chegarasidagi to‘qnashuvlarda isroillik harbiylarga qarata tosh uloqtirmoqda. 2018 yil 11 maydagi bu norozilik namoyishlari orqali falastinliklar o‘zlarining tarixiy vatanlariga qaytishga bo‘lgan huquqlari ta’minlanishini talab qilishmoqda”.

“Buyuk qaytish yurishi” nomli norozilik harakatlari G‘azoda 30 martdan beri davom etib kelmoqda. Isroil askarlari tomonidan ushbu harakatlar bostirilib kelinmoqda. Bu vaqt mobaynida 200dan ortiq Falastin aholisi halok bo‘ldi, shundan 30 dan ziyodrog‘i bolalardir. Yana 20 mingga yaqin kishilar jarohat oldi.

Manba: fitrat. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!