HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MUSTAQILLIK

HARAKATLAR STRATEGIYASI VA MUSTAQILLIK

Mamalakatimiz davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga – 30 yil to‘ldi. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir.

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligini nishonlash arafasida o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, ortga nazar solish, mustaqil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni holisona baholash va ularning mohiyati va ahamiyatini keng jamoachilik, butun xalqimizning ongi shuuriga yetkazish muqaddas burch, nazarimizda. Darhaqiqat, istiqlol tufayli o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoni ochildi. Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish bo‘yicha eng muhim ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida hamda butun xalqimiz, ayniqsa, uning eng faol qatlamiga aylanib borayotgan tadbirkorlarni uylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or horijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqarilgan va quyidagilarni nazarda tutadigan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.

Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatimizni modernizasiya qilishda parlamentning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi va davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi funksiyalarni qisqartirish, “yagona oyna” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimni keng joriy etish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish va fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish yo‘lida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish nazarda tutilgan.

Sud xokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash, yurtdoshlarimiz tomonidan odil sudlovga erishish darajasini oshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarni oldini olish tizimini takomillashtirish, sud jaryonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish, sudlarni chinakam “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirish yuridik yordam va xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash uchun qonun ustuvorligini ta’minlash va sud–huquq tizimida yangi yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan.

Iqtisodiyotni ochiqligi va raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy mustaqillikni kuchaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, yetakchi ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizasiya qilish, tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, xorijiy investisiyalarni faol jalb etish maqsadida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, mamlakat iqtisodiyotini jadal rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish aholi ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va salomatligini saqlash, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikasiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadlariga qaratilgan.

Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur uylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish deb nomlangan yo‘nalish doirasida esa, davlatning mustaqilligini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga oid chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish, dunyoning barcha davlatlari, ayniqsa, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro teng manfaatlarga asoslangan do‘stona aloqalar va mustahkam xamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi tinchlikparvar siyosatga tayangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.

Xulosa qilib aytganda, har qanday g‘oya, agar u kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlasa, jamiyatning kuchi va resurslarini jalb qila olsagina, muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Shuni g‘urur bilan aytish joizki, aholi turli qatlamlari bildirayotgan fikr-mulohazalar, takliflar Xarakatlar strategiyasi loyihasi xalqimizning yaratuvchanlik salohiyatini yanada keng ro‘yobga chiqarib, odamlarimizni shijoat bilan ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirishga qodirligini ko‘rsatdi.

Oybek Xasanov, Farg‘ona viloyat sudi raisining o‘rinbosari


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!