Haniyaning o‘ldirilishi bo‘yicha o‘nlab odamlar hibsga olingan
Eronda Falastinning HAMAS radikal harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishida ayblanib , yigirmadan ortiq kishi hibsga olindi . Bu haqda New York Times (NYT) manbalarga tayanib yozmoqda.
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida yuqori martabali razvedka va harbiy amaldorlar ham bor. Eron razvedka idoralari Isroil razvedka xizmati Mossad agentlari hamon mamlakatda ekanligiga ishonishadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)