Hamon jumboqlarga makon Bermud uchburchagi

A A A
Hamon jumboqlarga makon Bermud uchburchagi

Bermud uchburchagi – Yer sayyorasining sinoatli nuqtalaridan biri. Atlantika okeani, Sargasso dengizida joylashgan bu hudud Florida, Bermud, Puyerto-Riko orollari bilan o‘ralgan uchburchakda joylashgani uchun shunday nom olgan.

Uning sinoati shundaki – bu hududdan uchib yoki suzib o‘tayotgan suv va havo kemalari sirli ravishda halokatga yuz tutadi. Bu halokatlarni turli tabiat hodisalaridan tortib, o‘zga sayyoraliklargacha bog‘lashadi, deydi "KUN.uz".

Iblis dengizi

Bermud uchburchagida suv va havo kemalarining «sirli ravishda g‘oyib bo‘lishi» haqidagi qarashni ilk bor Associated Press muxbiri Edvard Van Vinkl Jons 1950 yilda ilgari suradi va bu hududni «iblis dengizi» deb ataydi.

«Bermud uchburchagi» iborasini esa yozuvchi Vinsent Gaddis 1964 yilda qo‘llaydi – «Agrosi» jurnalida «Halokatli Bermud uchburchagi» sarlavhali maqola chop etib, unda AQSh aviasiya flotiga tegishli 19-zveno harbiy samolyotlari shu hududda izsiz yo‘qolgani hikoya qilinadi.

Shu bilan 60-70 yillarda Bermud uchburchagi atrofida turli asosli-asossiz gaplar ko‘payib ketadi.

Vahimalar sababi

Bermud uchburchagi paranormal sinoatga egaligi haqidagi nazariyaga ishonuvchilarning ta’kidlashicha, 20-asrda 100dan ziyod havo va suv kemalari bu hududda izsiz yo‘qolgan.

Sirli ravishda yo‘qolish bilan birga, kemalarning bir zumda bir hududdan boshqa hududda paydo bo‘lib qolishi, vaqtning anomal tarzda o‘zgarishi kabi holatlar aytiladi.

Skeptik-realist olim Lourens Devid Kushe «Bermud uchburchagi: afsona va haqiqat» kitobida bu joyga taalluqli qilib ko‘rsatiladigan ba’zi halokatlar aslida boshqa hududlarda sodir bo‘lganini ta’kidlaydi. Ayrim halokatlarning esa chindan ham sodir bo‘lgani haqida rasmiy manbalarda ishonchli fakt va dalillar mavjud emas.

19-zveno

Bermud uchburchagi bilan bog‘lanadigan shov-shuvli voqealardan biri AQShning bombardimon harbiy samolyotlaridan iborat 19-zvenoning halokati hisoblanadi.

Zveno 1945 yil 5 dekabrda AQShning harbiy kuchlar bazasidan beshta samolyot Fort-Loderdeyl sari yo‘l oladi, ammo qaytib kelmaydi. Samolyotning qoldiqlari ham topilmaydi. Ba’zi manbalarga ko‘ra, ekipaj yaxshi ob-havoda, okean osuda bo‘lgan vaqtda parvozga shaylangan. Parvoz chog‘ida uchuvchilar harbiy baza bilan radiomuloqotda navigasiya qurilmalarining ishdan chiqqani va g‘ayritabiiy vizual effektlar kuzatilayotganini aytishadi. Samolyotlar bilan aloqa uzilgach, uni topish maqsadida «Martin Mariner» gidrosamolyoti yo‘lga otlanadi, ammo u ham izsiz yo‘qoladi.

Kushening bu bo‘yicha versiyasi boshqacharoq. Unga ko‘ra, zveno tajriba parvozini amalga oshirayotgan kursantlardan iborat bo‘lgan. Ular orasida faqatgina leytenant Teylor tajribali bo‘lib, u ham bu yo‘nalishda ilk bor parvoz qilayotgan edi. Saqlab qolingan radiomuloqot yozuvida esa leytenant mo‘ljalni yo‘qotib qo‘ygani, kompaslar yo‘lni ko‘rsatmayotgani aytilgan. Mo‘ljalni tiklashga harakat paytida samolyotning yonilg‘isi tugaydi va Teylor suv ustiga qo‘nishga majbur bo‘ladi. Ammo bu paytda notinch bo‘lgan suv samolyotni domiga tortib ketadi.

Olimning yozishicha, zvenoni izlash maqsadida yo‘l olgan ikkita «Martin Mariner» gidrosamolyotida yonilg‘i uchqunlari kabinaga o‘tishi natijasida yong‘in kuzatilib, halokatga uchraydi.

Haqiqat izlab

2018 yilda Buyuk Britaniyaning Sautgempton universitetidan bir guruh tadqiqotchilar Bermud uchburchagi atrofidagi gap-so‘zlarga ilmiy asos topish uchun izlanishlar olib borishadi.

Tadqiqot xulosasiga ko‘ra, mazkur hududda kemalarning yo‘qolishiga sabab – to‘lqinlardir.

Ma’lum bo‘lishicha, bu hududda balandligi 30 metrgacha boradigan, juda tik bo‘lgan to‘lqinlar yuzaga keladi. Bunday to‘lqinlar bir necha nuqtada bir vaqtning o‘zida kuchli bo‘ron harakatga kelishi natijasida paydo bo‘ladi.

Buni amalda isbotlash uchun AQShning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi okeanografi Saymon Boksall qiziq tajriba o‘tkazadi – halok bo‘lgan kemalarning kichik prototipini yasaydi, maxsus idishga ularni qo‘yib, Bermud uchburchagida qayd etiladigan suv harakatlari modelini harakatga keltiradi. Natijada kemalar suvning bunday harakatiga qarshi tura olmasligi, to‘lqinlar kemani suv girdobiga tortib ketishi ma’lum bo‘ladi.

Shuningdek, tadqiqotchilar Bermud uchburchagidagi anomaliyalar bilan bog‘liq boshqa farazlarga ham oydinlik kiritishdi.

Magnit anomaliyalari. Atlantika okeanida magnit anomaliyalari chindan ham mavjud, ular yerosti mantiya qavatidagi harakatlar bilan bog‘liq, ammo bu anomaliyalar Bermud hududidan 1500 km janubda – Braziliya atrofida kuzatiladi.

Suv ostida to‘planuvchi gazlar. Bu hududda kuzatiladigan anomaliyalar suv ostida yonuvchan gazlarning to‘planib qolishi, to‘lqinlar harakati bilan ularning yuzaga chiqishi va kemani cho‘ktirishi ham taxmin qilinadi. Ammo olimlar bu taxmin ham o‘zini oqlamasligini aytmoqda.

«Gazlarning to‘planib qolishi – ehtimoliy holat, ammo bunday holat kuzatilishi mumkin bo‘lgan joy faqat Bermud uchburchagi emas, bunday nuqtalar dunyo suv havzalarida talaygina», deydi Boksall.

«Asosiy aybdor – inson omili»

Boksallning fikricha, samolyot va kemalarning bu hududdagi halokati insoniy xatolar natijasida ro‘y bergan.

AQShning Qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Bermud hududidagi halokatlarning 82 foizi okeanda harakatlanish bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lmaganlar bilan sodir bo‘lgan.

«Halokatlarning bosh omillaridan biri – kemalarda radiopriyomnik va navigasiya qurilmalarining yo‘qligidir. Okeanda tadqiqotlar olib borish jarayonida oddiy yo‘l xaritasiga yoki mobil telefondagi navigatorga ishonib chiqqanlarni ham uchratdik. Qirg‘oqdan 50-60 km uzoqlashgach, mobil telefonlar signali yo‘qoladi», deydi AQShning okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi okeanografi Saymon Boksall.

O‘zgaruvchan ob-havo sharoiti, qo‘qqisdan qisqa muddatda yuzaga keladigan bo‘ronlarning ham halokatlarda roli bor.

«Umuman olganda, Bermud uchburchagi muayyan bir hudud bilan cheklanib qolmaydi. Dunyoning istalgan nuqtasi ehtimoliy Bermud uchburchagi bo‘lishi mumkin. Bo‘ronlar yuzaga keladigan, to‘lqinlar harakati bo‘lgan, suv ostida xavfli gazlar to‘planadigan joylar, tajribasiz uchuvchilar va kema boshqaruvchilari bor ekan, istalgan nuqtada «g‘ayritabiiy» anomaliyalar kuzatilishi istisno etilmagan», deydi Boksall.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.