HAMAS BMTning G‘azo bo‘yicha rezolyusiyasiga munosabat bildirdi

HAMAS BMTning G‘azo bo‘yicha rezolyusiyasiga munosabat bildirdi

HAMAS Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining G‘azoda doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiyasini olqishlashini bildirdi.

HAMAS G‘azodan qo‘shinlarni to‘liq olib chiqish, asirlarni almashish, ko‘chirilganlarni o‘z yashash joylariga qaytarish, har qanday demografik o‘zgarishlarni yoki hududni qisqartirish kabi choralarni rad etishni, g‘azoliklarga zarur yordam ko‘rsatishni olqishlaydi, — deyiladi bayonotda.

Shuningdek, guruh xalq talablari va qarshiliklariga mos keladigan ushbu tamoyillarni amalga oshirish bo‘yicha bilvosita muzokaralar olib borish uchun hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidlagan.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod etish bo‘yicha AQSh rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatlagandi.

Xavfsizlik kengashining 15 a’zosidan 14 nafari hujjatga ovoz bergan, Rossiya esa betaraf qolgan. AQSh taklif qilgan rezolyusiya yetti banddan iborat bo‘lib, ulardan birinchisi HAMASni kelishuvni qabul qilishga hamda “barcha tomonlarni uning qoidalarini hech qanday shartlarsiz to‘liq bajarishga chaqiradi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!