Hamas BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyusiyasini olqishladi

Hamas BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyusiyasini olqishladi

Falastinning HAMAS radikal harakati muzokaralarga tayyorligini ta’kidladi, deb xabar beradi «RIA Novosti» . Falastinliklarning fikrini inobatga olish kerak, dedi Xamas.

10 iyun kuni BMT Xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan ilgari surilgan G‘azo sektorida bosqichma-bosqich o‘t ochishni to‘xtatish rejasini o‘z ichiga olgan AQSh rezolyusiyasini qabul qildi. Rezolyusiyani 14 davlat qo‘llab-quvvatladi, Rossiya betaraf qoldi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Falastinning HAMAS harakati BMT Xavfsizlik kengashining G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyusiyasini yuqori baholadi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Bayonotda qayd etilganidek, XAMAS BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyusiyani olqishlaydi. Unda Falastin anklavida doimiy o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil mudofaa kuchlarini mintaqadan olib chiqish , asirlarni almashish, ko‘chirilganlarni yashash joylariga qaytarish va G‘azo sektoridagi infratuzilmani tiklash ko‘zda tutilgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!