Habib Nurmagomedovga “Dog‘iston xalq qahramoni” unvoni va “Oltin burgut” nishoni beriladi​

Habib Nurmagomedovga “Dog‘iston xalq qahramoni” unvoni va “Oltin burgut” nishoni beriladi​

Mutlaq janglar chempionati "UFC"ning yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedovga “Dog‘iston xalq qahramoni” unvoni va “Oltin burgut” nishoni beriladi. “Regnum” agentligi xabariga ko‘ra, bu haqda polkovnik Magomed Tankayev nomidagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash fondi ma’lum qilgan. 

Aytish joizki, respublikaning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan fuqarolarga beriluvchi bu mukofot 13 yil avval imom Shomil nomli xalqaro fond tomonidan ta’sis qilingan. 

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!