Guterrish: Ochlik inson huquqlarining epik buzilishidir

Guterrish: Ochlik inson huquqlarining epik buzilishidir

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 18-sentyabr kuni N’yu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi arafasida bo‘lib o‘tgan “Barqaror rivojlanish maqsadlari” sammitida qatnashganlarga dunyo “global qutqaruv rejasi”ga muhtojligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘ta qashshoqlik va ochlikka barham berishga qaratilgan “17 Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari”ga sodiqlik matni bir ovozdan qabul qilingan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar 2015-yilda ushbu tashabbusni qabul qilgan bo‘lib, 2030-yilgacha unga erishish majburiyatini olgan edi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish maqsadlarning atigi 15 foizi - o‘ta qashshoqlik va to‘yib ovqatlanmaslikni bartaraf etish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, barchani toza suv va sanitariya bilan ta’minlash amalga oshirilayotganini aytdi va ba’zi hollarda hatto ish orqaga ketganini ham ta’kidlab o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!