Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohini sotib olishga birorta ham ariza kelib tushmagani ma’lum bo‘ldi

Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan «Sijjak» oromgohini sotib olishga birorta ham ariza kelib tushmagani ma’lum bo‘ldi

Avvalroq «Sijjak» oromgohi onlayn-auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Jarayon ikki bosqichdan iborat — avval ariza beruvchilar tanlanadi, so‘ngra tijorat takliflari baholanadi. Potensial xaridorlar dam olish zonasini rivojlantirish bo‘yicha biznes konsepsiyasini taqdim etishlari kerak.

Arizalar qabul qilish muddati bir oy davom etib, 11 mayda yakunlandi. Katta qiziqishga qaramay, birorta ham ariza kelib tushmagan. Endi «Sijjak» qayta savdoga qo‘yilishi kutilmoqda.

Oromgoh O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli. 2017 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi ajrimi bilan musodara etilgan.

Keyinchalik musodara qilingan ushbu hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston Triatlon federasiyasiga vaqtinchalik foydalanishga berilgan edi.

Ammo oxir-oqibat ushbu dam olish maskanini ommaviy savdolar orqali shaffoflik prinsipi asosida sotuvga qo‘yishga qaror qilindi.

2021 yilda dam olish maskani bir necha bor sotuvga qo‘yilgan edi, biroq xaridor topilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!