Gulistonda ichki ishlar xodimiga pora taklif qilgan fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olindi

Gulistonda ichki ishlar xodimiga pora taklif qilgan fuqaro jinoyat ustida qo‘lga olindi

2022 yil 21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Sirdaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamda Sirdaryo viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi ma’muriy binosida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida, 1992 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro G‘.B. katta serjant J.Xolbo‘tayevga avtomashinasini jarima maydonidan chiqarish va ma’muriy bayonnomani yengilroq jarima ko‘rsatilgan ma’muriy bayonnomaga o‘zgartirib berish evaziga xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan ma’muriy binoning oshxonasida 935.000 so‘m miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro G‘.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!